Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Uyum va xandaqlarni yopish
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
Uyum va xandaqlarni yopish. Kartoshka va sabzavotlar joylangan uyum va
xandaqlarni yopish uchun somon mikroini hisobga olish zarur. Har bir tonna kartoshka mahsulotiga 100 kg somon talab qilinadi. Uyum va xandaqlarni yopish qatlami (somon, tuproq) ushbu sharoitda tuproqning muzlash qalinligidan kam bo’lmasligi shart. Shunda somonni 10 sm qatlamiga 20 sm tuproq qalinligi to’g’ri kelishi kerak. Unutmaslik kerakki, o’ra va uyumlardagi mahsulotlarning sifatli saqlanishi ko’p jihatdan uni to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Sifatsiz tashkil etilgan vaqtinchalik omborlarda mahsulot buzilishi ham mumkin (Q5, X1, X3). O’zlashtirish uchun savollar: 1. Uyum va o’ralardagi shamollatish moslamalari qanday elementlardan tuzilgan? 2. Uyum va o’ralarda havoning aylanishi qanday amalga oshiriladi? 2. Nima uchun janubiy rayonlarda ariq-o’ralarning chuqurligi kam? 3. Sabzavotlarni saqlash uchun vaqtinchalik omborlardan qayta foydalanish mumkinmi? 17-ish. Meva-uzum va sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda talab etiladigan doimiy omborlar maydonini hisoblash Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga meva, kartoshka va sabzavotlarni doimiy omborlarda saqlash tartibi bilan tanishtirish. Mahsulot turi, mikroi, saqlash davomiyligi va saqlanish usuliga ko’ra talab etiladigan omborlar maydonini hisoblashga o’rgatish. 59 Jixoz va materiallar: 1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari); 2. omborxonalar loyihasi; 3. omborxonalar kartasi; 4. kal`kulyator, xom ashyo; 5. jadval ma'lumotlari; 6. adabiyot malumotlari. 1-vazifa. Quyidagi saqlash texnologiyasiga asosan 600 tonna karamni saqlashga mo’ljallangan ombor maydonini hisoblang: a) Tabiiy shamollatiladigan omborda alohida moslamalarda (shtabel) saqlash. Moslamaning balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 3 m. Karamni hajm og’irligi – 1 m 3 ga 400-500 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. b) 600 tonna karamni 3 qavatli tokchali majburiy shamollatiladigan omborda saqlash. Moslamaning (shtabel) balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 3,0 m. Omborning foydalanish koeffisienti 76%. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling