Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
O'zlashtirish uchun savollar
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-ish. Kartoshkaga birlamchi ishlov berib ho`l kraxmal olish va kraxmal sifatini baholash Mashgulotning maqsadi
- Jixoz va materiallar
O'zlashtirish uchun savollar. 1. Meva-sabzavotlar tarkibidagi organik kislotalar qanday ahamiyatga ega? 2. Meva-sabzavotlar tarkibida qanday organik kislotalar bo'ladi? 3. Kislotalarni aniqlashning boshqa usullarini ham bilasizmi? 70 22-ish. Kartoshkaga birlamchi ishlov berib ho`l kraxmal olish va kraxmal sifatini baholash Mashg'ulotning maqsadi: Kartoshkadan ho`l kraxmal olishni o’rganish, kartoshkani qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishish va kraxmal sifatini baholash. Jixoz va materiallar: 1. torozi va toshlari; 2. qirg’ich, elak; 3. ximiyaviy stakanlar 250 ml, 200 ml; 4. filtr kog’ozi, sentrafuga; 5. kal`kulyator, kartoshka xom ashyosi. Ishlash tartibi. O’zbekistonda kraxmal ishlab chiqarish katta ahamiyatga egadir. Chunki kraxmaldan keyingi bosqichda patoka olinadi. U esa uz navbatida konfet ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo hisoblanadi. Kraxmal olish texnologik jarayoni, tugunaklarni archish barabanida yuvish va maydalash, sentrofuga yordamida kraxmalni cho’ktirish, tozalash, ajratib olish hamda tarkibida 20% suvi qolgunicha quritish bosqichlaridan iborat. Kartoshka kraxmali oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda kulinariyada, to’qimachilik sanoatida, turli texnik maqsadlarda, kimyoviy yo’l bilan glyukozid, dektrin va kraxmalni sodda xillarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kraxmal olish uchun foydalaniladigan kartoshkaning muhim sifat belgisi, tugunagi tarkibida uni bo’lishidir, u nav va tugunaklarni etilish darajasiga bog’liq. Kartoshkadan kraxmal olishda u mexanik tozalanmasada, tugunaklar usti silliq va ko’zchalari yuza joylashgan bo’lishi kerak. Tugunak satxidagi botiq joylari va chuqur joylashgan ko’zchalariga tuproq qoldiqlari mahkam birikib qolishi tufayli toza yuvilmaydi va ular kraxmalga aralashib uni ifloslantiradi, unga kulrang tus berib sifatini pasaytiradi. Germaniyada kraxmal olish uchun ishlatiladigan kartoshka tarkibida aralashmalarni (tuproq, o’simtalar, begona predmetlar) 6%, ho’l chirigan tugunaklarni 11% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Agar aralashmalar 20% va chirigan tugunaklar 11% bo’lsa kartoshkani qabul qilish taqiqlanadi. Aralashmalar 6% dan 20% gacha va chirigan tugunaklar – 11% gacha bo’lsa kartoshka past narxda qabul qilinadi. Kraxmal olinadigan kartoshka yahshi etilgan bo’lishi kerak. Etilmagan tugunak tarkibidan kraxmal donachalari mayda bo’lganligi uchun elakda ushlanib qolmaydi, natijada uni chiqishini kamaytiradi. Bundan tashqari, etilmagan va mayda tugunak tarkibida kraxmal mikroi, etilgan va yirik kartoshkaga nisbatan kam bo’ladi. Kraxmali kam kartoshkadan kraxmal ishlab chiqarish rentabelsizdir. Laboratoriya sharoitida kartoshkadan kraxmal olish uchun meva oshxona maydalagichida qirg`ichdan o`tkaziladi, olingan kartoshka bo`tqasini mayda ko’zli elakda sovuq suvda yuviladi, bunda to`ppa kraxmal donachalaridan ajraladi. Kraxmal suti idishga elak tagida yig’ib olinadi. Ma’lumki kraxmal sovuq suvda 71 erimaydi va suvdan og’ir, shuning uchun idish tubida cho`kadi. Ma’lum vaqt o`tgach suyuqlikning (dekontasiya) loyqa suv ajratiladi. Yuqori qismi keyin toza suv solinib kraxmal yuviladi va qo`yib qo`yiladi. Kraxmalni bunday yuvish 2-3 marta qaytariladi. Olingan kraxmalni filtr qog’ozi ustiga solib suvi oqiziladi va tortiladi. Kraxmal chiqimi (%) da olingan xom-ashyo massasiga nisbatan. Quyidagi formula yordamida aniqlanadi: A a X % 100 a – olingan kraxmal og’irligi (kg); A – olingan xom ashyo mikroi (kg). Kraxmal ishlab chiqaradigan zavodlar atrof muhitni himoya qilish maqsadida, kartoshka sharbati va kartoshkani yuvish davrida erib qo’shilgan proteyni ko’p bo’lgan yuqori sifatli suvni chorva uchun tayyorlanadigan maxsus oziqalar tayyorlashda foydalanishga harakat qiladilar. Zavodlar rentabilligini oshirish maqsadida tugunak tarkibida protein ko’p bo’lishidan manfaat ko’radilar. Kartoshkadan spirt olish texnologiyasi etarli darajada murakkabdir. U quyidagi uch: xom-ashyoni achitishga tayyorlash, o’zidan spirt ajratib bijg’ishi va achitqidan spirtni ajratib olish bosqichlardan iborat. Kraxmal achitmaydi, bijg’ish oddiy qandlar ta’sirida yuzaga keladi. Shuning uchun kartoshkadan spirt olishda eng muhim texnologik bosqich kraxmalni oddiy glyukozit qandga aylanishidir. Bu parda pishirilgan kartoshkaga ferment qo’shish yo’li bilan, ya’ni soloda (undirilgan arpa doni) fermentini aralashtirish yordamida yuzaga keltiriladi. Kartoshkaning solishtirma og’irligi asosida kraxmal mikroini aniqlash uchun Sherbakov usulida asbob jixozlanadi. Buning uchun stol qopqog`iga taxta shunday mahkamlanishi lozimki uning yarimi stol oxiridan chiqib turishi kerak. Taxtaning ustiga pallali tarozi o’rnatiladi torozining ung pallasidan taxta teshilib sim orqali tur setkali savat osilib u suvli satilga solinadi. Ishni bajarish quyidagicha amalga oshiriladi. Kartoshka mevalari yahshilab yuvilib surtiladi. Tarozi suvga tushirilgan savat bilan pallasi tenglashtiriladi. Tarozi pallasiga 5 yoki 2, yoki 1 kg tosh ko`yilib savatga kartoshka solinib tenglashtiriladi va savat suvdan olinib kartoshka to’kiladi. Tarozi qismi muvozonatdan chiqadi, tarozi toshlarining bir qismi olinib pallalar tenglashtiriladi. Shunday qilib suv tagidagi kartoshka og’irligi aniqlanadi. Kraxmal mikroi aniqlashning to`g`riligi suv tozaligiga va haroratiga bog’liq. Suv harorati 17,5 o C bo`lishi lozim (A1, X1, X2, X3). 1-jadval Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling