114
38-ish Donining namunaviy tarkibini aniqlash
Darsning maqsadi: talabalarni respublikamizda eng ko’p etishtiriladigan donli
ekin – bug’doy turlarining asosiy belgilari: ranggi,
botanik turi va ularning
biologik shakllari bilan tanishtirish.
Ishlash tartibi: donning ko’pchilik standartlari (TST-tarmoq standarti “Oziq-
ovqat uchun tayyorlanadigan bug’doy”, “Oziq-ovqat uchun taqsimlanadigan
bug’doy”, TST “Oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan javdar” va boshqa) tovar
turkumlari bo’limiga ega bo’lib, o’z
ichiga texnologik, oziq-ovqat va furaj
afzalliklariga o’xshash donning sifat guruhlarini oladi. Ko’p holarda turlarga
bo’lish mo’’tadil
botanik belgilar, etishtirish sharoiti va biologik xususiyatlarga
asoslangan. Ushbu belgilardan foydalanish ular hamda donning texnologik va
oziq-ovqat afzalliklari o’rtasida ma’lum aloqalar bo’lishi tufayli mumkin bo’ladi.
Turlar o’z yo’lida kenja turlarga bo’linadi. Kenja tur asosiy turning sifat bo’limi
hisoblanadi. U tur oralarida donning texnologik xususiyatlarini aniq ta’riflaydi. Tur
va turlar turkumi doning har xil texnologik va oziq-ovqat
afzalliklari bilan uzviy
bog’langandir.
Namunaviy tarkib tayyor mahsulotning chiqishi, uning sifati,
donni qayta
ishlashda sarflanadigan energiya miqdori, non hajmi va g’ovakligiga ta’sir etadi.
Shuning uchun don qabul qilish va qayta ishlash korxonarida donlar tur va kenja
turlari bo’yicha joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: