Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zlashtirish uchun savollar.
- Ishlash tartibi
Jihoz va materiallar: temir byukslar, texnik torozilar, laboratoriya
tegirmonchasi, elektr quritish javoni, elektr nam o’lchagichlar, zich yopiladigan qopqoqli shisha bonkalar, qoshiqcha yoki shpatellar, nam o’lchagichga o’tkazuvchi hisob jadvallari, don namunalari. O’zlashtirish uchun savollar. 1. Nima maqsadda don namligi aniqlanadi? 2. Don namligi qanday usullarda aniqlanadi? 3. VE-2M nam o’lchagichida namlikni aniqlash tartibini ta’riflang. 40- ish Donning kleykovinasini aniqlash. Darsning maqsadi: talabalarni don partiyalaridan kleykovinani aniqlash uchun namuna olishni o’rgatish va kleykovinaning miqdorini aniqlashni o’rgatish. Ishlash tartibi: kleykovina miqdori maydalangan don o’lchanmasi massasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Kleykovina ikki xil bo’ladi: ho’l – o’ziga suvni singdirgan kleykovina va quruq kleykovina – kleykovinaning quritishdan so’nggi miqdori. Tarkibidagi kleykovina miqdoriga bog’liq holda bug’doy donini quidagicha turkimkash mumkin. 125 Don toifalari Dondagi ho’l kleykovinaning miqdori, % Yuqori kleykovinali don 30 dan yuqori O’rnacha miqdordagi kleyko- vinali don 26……..29,9 O’rtadan past miqdordagi kleykovinali don 20……..25,9 Past kleykovinali don 20 dan past Kuchli bug’doy doni I gruhdan past bo’lmagan, miqdori esa kamida 28% bo’lgan ho’l kleykovinaga ega bo’lishi lozim. Ho’l kleykovinaning sifati elastiklik xususiyatlari bilan baholanadi. O’rta namunadan 30....50 g massali don o’lchanmasi ajratilib va uning tarkibidagi buzilgan bug’doy, ifloslantiruvci aralashmalardan tozalanadi. Tozalangan o’lchanma labaratoriya tegirmonchasida maydalanadi. Agar donning namligi 18% dan yuqori bo’lsa, unda o’lchanmani maydalashdan oldin xona haroratida yoki 50 o C haroratga ega bo’lgan termostatda 18% namlikka qadar quritiladi. Maydalangan don yaxshilab aralashtiriladiva undan texnikaviy tarozida 25 g yoki undan koproq o’lchab olinadi. Bunday miqdordagi o’lchanmadan kamida 4 g ho’l kleykovina olsa bo’ladi. O’lchanma chinni kosachaga solinib, uning ustidan harorati 18....20 0 C atrofida bo’lgan suv quyiladi. Xamir qorish uchun o’lchama og’irligiga bog’liq holda unga qo’shiladigan suv miqdori quidagicha bo’lishi kerak. Maydalangan o’lchanmaning massasi, g suv miqdori, ml 25 14 30 17 35 20 40 22 Ma’lum miqdorda suv solingan undan shpatel yordamida yaxshlilab xamir qoriladi. Kosacha va shpatelga yopishgan xamir bo’lakchalari top-toza qilib qirib olinadi va xamirga qo’shiladi. Xamirdan sharik yasab, kosachaninig ichiga joylashtirib qo’yiladi va shisha bilan 20 daqiqa davomida yopib qo’yiladi. Holbuki, bunda maydalangan don zarralari suvni shimadi va kleykovinani tashkil qiladigan oqsillar shishadi. So’ngra damini olgan xamir sharigi kuchsiz vodoprovodsuvi oqimi ostida, zich to’qilgan ipak yoki kapron elagi ustida ushlab, sekin asta kleykovinasi yuviladi. Dastlab kleykovina xamir tarkibidagi kraxmal va qobiq qsimlari bilan yuvilib ketmasligi uchun extiyotkorlik bilan asta-sekin kraxmal va qobiqning katta qismi oqib tushgandan so’ng jadalroq yuviladi. Tasodifan uzilib tushgan kleykovina bo’lakchalari yig’ib olinadi va rleykovinaning umumiy massasiga qo’shiladi. Kleykovina tog’ra yoki tovoq ichida ( agar vodoprovod bo’lmasa) yuvishga 126 ham ruxsat beriladi. Togoraning ichiga kamida 2 litr suv quyiladi. Suv ichida xamir qo’l bilan eziladi. Suv kraxmal va qobiq qismlari paydo bo’lganda, u zich ipak yoki kapron elaklari orqali suzib, to’kib tashlanadi va kleykovina yo’liq yuvilib bo’lguncha toza suv solinib, bu jarayon takrorlanaveradi. Agar kleykovinasi aniqlanayotgan don sovuq urgan, ko’kargan yoki toshbaqasimon kana bilan zararlangan bo’lsa, unda kleykovina avval ehtiyotorlik bilan tog’orada yuviladi. Xamir tarkibidagi qobiqlar to’liq chiqarilgandan so’ng va kleykovina siqilganda chiqadigan suv tiniq holga kelganda yuvish to’xtatiladi. Agar kleykovina yuvilmasa, analiz natijalarida : < qo’yiladi. Kleykovinani yuvishni to’xtatib, u kaftlar orasida qisiladi va qo’l vaqti – vaqti bilan quruq sochiqqa artib turiladi. Bunda kleykovina bir necha marta barmoqlar bilan aylantirib turiladi. Kleykovina o’lchanib, yana 2....3 daqiqa davomida yuviladi, uni qaytadan siqib, massa yana o’lchanadi. Ikki o’lchashlar orasidagi masofa farqi 0,1 g oshmasa, kleykovinani yuvish to’xtatiladi. Ho’l kleykovinaning miqdori maydalangan don o’lchanmasidan nisbatan foizlarda ifodalanadi. Nazorat tahlillar paytida ho’l kleykovina miqdori bo’yicha tafovut +- 2% dan oshmasligi kerak. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling