Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


So’tali makkajo’xorilarning namligini aniqlash


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

So’tali makkajo’xorilarning namligini aniqlash. So’tali makkajo’xorilarning 
namligini alohida don va negizida aniqlanadi. 
Ombor maydonchalarida, shuningdek vagon, avtomashina yoki aravalarda 
keltirilgan va saqlanayotgan so’talarning namligin aniqlash uchun, dastlabki 
namunadan (100 so’ta) har 30-sini, ya’ni bor yo’g’i uchtasi olinadi. Ular mutlaqo 
sog’lom bo’lishi shart.
Omborga avtomashinalarda kun davomida qismlarga bo’lib olib kelingan bir 
turli to’plamning namligini aniqlash uchun o’rtacha kunlik namuna quyidagi tarzda 
tuziladi. Har bir avtomashina yoki aravadan olinadigan uchta sog’lom so’ta 
namunasi sindirilib, 50 gr don olinadi va po’kak bilan zich yopiladigan shisha 
bonkaga joyla-nadi. Olingan o’rtacha kunlik namunadan 50 gr namunacha ajrati-
ladi va don namligini aniqlash amalga oshiriladi. 
Makkajo’xori negizining namligini aniqlash uchun ham o’rtacha sutkali 
namuna tuziladi. Makkajo’xorining har bir so’tasidan ajratilgan negizidan 
bo’lakcha kesib olinadi va uni zich yopiladigan shisha idishga joylab saqlanadi. 
Tuzilgan o’rtacha sutkali 50 gr og’irlikdagi bo’lakchalardan namunalar ajratiladi, 
ular kichik qismlarga bo’linadi, har biri 5 gr dan ikkita namunacha olinadi va 
quritiladi. 
Don namligini aniqlash uchun so’talar qo’lda yoki laboratoriya sidirgichi 
yordamida sidiriladi va olingan dondan 50 gr o’rtacha namuna ajratiladi. So’ngra 
don yanchiladi, qopqoqli bonkaga joylanadi, keyin undan har biri 5 gr dan ikkita 
namuna olinadi. Ularning namligi 18% dan ortiqcha bo’lsa, undagi namlik dastlab-
ki quritishdan keyin aniqlanadi. 


122 
Namlikni elektron nam o’lchagichlarda aniqlash. Don namligini aniqlashda 
zamonaviy elektron o’lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan usullar oldida juda 
ko’p afzalliklarga ega. Birinchidan elektron asboblar don namligini aniqlashga 
ketadigan vaqtni keskin qisqartirish imkonini beradi, bu don tayyorlash davrida juda 
zarurdir, ikkinchidan, elektron nam o’lchagichlarning tuzilishi nisbatan oddiy bo’lib, 
ularda ishlash uchun maxsus ixtisoslashtirishni talab qilmaydi, uchinchidan, elektr 
namlik o’lchagichlar yordamida masofada turib namlikni o’lchash, namlikni 
avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib borish mumkin. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling