Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi
- Karam tuzlashda maydalangan mahsulotni tozalash jarayoni
O'zlashtirish uchun savollar. 1. Sabzavot marinadlari qanday tayyorlanadi? 1. Tayyor marinadlar nima uchun germetik yopilishi zarur? 2. Marinadlashdan oldin xom ashyo nima uchun blanshirlanadi? 3. Marinadlarga qo'shiladigan ziravorlar qanday tayyorlanadi? 30-ish. Achitilgan karamlarni olish va sifatini baholash (4-soat) Jixoz va materiallar: 1. bochkalar, chelaklar; 2. og'ir tosh, karam xom ashyosi; 3. pichoq, ziravorlar. Konservalashni mikrobiologik usuli mahsulotni achishi natijasida hosil bo'ladigan sut kislotasi yoki spirt bilan koservalash xususiyatiga asoslangan. Ya'ni mahsulotda 1,5-2,0% sut kislotasi yoki 3-5% spirt yig'ilib qolsa bu inson uchun bezarar bo'lib, mikrobiologik buzilishdan mahsulotni saqlaydi. Karam, pomidor va bodring mahsulotlarini tuzlash yo'li bilan ularni uzoq saqlab qolish shunga asoslangan. Ishlash tartibi: tuzlash uchun qand moddasi mikroi ko'p bo'lgan karam navlari yoki asosan kechpishar navlar ishlatiladi. Undan tashqari kechki navlar kech kuzda pishadi, ya'ni ob-havo sharoiti va ayniqsa harorat tuzlash uchun mos keladi. Ma'lumki tuzlash uchun qulay harorat 15-20 0 C hisoblanadi va undan keyin keladigan sovuq havolar tuzlash uchun yaxshi keladi. Karam tuzlashning texnologik jarayoni quyidagilardan iborat bo'ladi: karamni tozalash, maydalash, o'zakni olib tashlash, maydalangan karamni doshnik yoki bochkalarga joylash va tuz, sabzi solish, eng yuqori qismiga karamni suvi 93 chiqishi uchun yuk qo'yish, tuzlangan mahsulotda kuzatuv ishlarini olib borish (18- rasm). 1-rasm. Karam tuzlashda maydalangan mahsulotni tozalash jarayoni Karam boshining iflos yoki chirigan barglari olib tashlash qo'lda bajariladi. Tozalanganda chiqadigan chiqim mikroi 8,5%. Karamni bandi olib tashlansa tayyor mahsulotning sifati ancha yaxshilanadi. Tozalangan karam maydalaydigan mashina oldiga transportyor yoki qo'lda olib kelinadi. Maydalangan karamning katta-kichikligi 5-7 sm uzunlikda, 5 mm kengliqda bo'lishi kerak. Bochka yoki doshniklarga solingan karam ustiga 2-2,5% osh tuzi va 3-5% sabzi qo'shiladi. Sabzini tozalab dumaloq shaklda qalinligi 3 mm yoki 5x5 mm kubik qilib yoki uzun-uzun qilib 40 mm uzunlikda to'g'raladi. Karamni tuzlashda asosan sabzi va tuz solinadi, lekin mazasi undan ham yaxshi bo'lishi uchun olma 4- 10%, brusnika, klyukva 2-5% va 5% lavr bargi solsa bo'ladi (16-jadval). 1-jadval Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling