Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Bug’doy kenja turlarini etalonlar bo’yicha aniqlash


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Bug’doy kenja turlarini etalonlar bo’yicha aniqlash. Odat-da namuna-
etalonlar markazlashtirilgan tartibda DDI (Davlat Don Inspeksiyasi) nazoratida 
tayyorlanadi. Ushbu etalonlardan foydalanib don qabul qilish manzilgoxlari va 
turli korxonalar-ning laboratoriyalari har yili ishchi etalonlar tayyorlashadi. Ishchi 
etalonlarni tayyorlash uchun xo’jaliklardan kelayotgan yangi hosil donidan 
foydalaniladi. 
Taqqoslashda qulaylik uchun maxsus romchadan (31-rasm) foydalanish tavsiya 
etiladi. Bu romcha yupqa taxtacha yoki faner va orgshishadan dastali quti shaklida 
tayyorlanadi. Romcha bir-biridan ajratilgan 4 seksiyaga bo’lingan. Romcha 
o’rtasida kvadrat darcha bo’lib, u romchaning orqasida joylashgan eshikcha bilan 
yopiladi. 
Kenja turni aniqlashda tekshirilayotgan don namunasini romcha o’rtasiga 
joylanadi, eshikcha yopiladi va uning ranggini seksiyalardagi namuna etalonlar 
bilan taqqoslanadi. Yuqorida qayd etilganidek, don ranggini kun yorug’ida yaxshi 
aniqlash mumkin. 
Kuchli va qattiq donlarni DAST bo’yicha ta’riflash. Kuchli bug’doy 
tarkibida ko’p oqsil (quruq modda hisobiga 14% dan kam emas) miqdori, yuqori 
oynasimonligi bilan (60% dan kam emas), ko’p kleykovina mavjudligi 28% dan 
kam emas), yaxshi egiluvchanligi bilan ta’riflanadi. Kuchsiz bug’doyga 
kuchliligini qo’shish bilan uning non yopilish sifatlarini yaxshilash mumkin. 
O’rtacha kuchli bug’doy o’rtacha miqdordagi oqsil (14% dan kam), yomon 
oynasimonligi, kleykovinaning ozligi (25% dan kam emas), kleykovinaning kam 
egiluvchanligi bilan ta’riflanadi. Bunday bug’doydan kuchli bug’doy qo’shmasdan 
xam yaxshi sifatli non olish mumkin. 


117 
Kuchsiz bug’doy avvalgi guruhdan oz miqdordagi oqsil (11% dan kam), 
yomon oynasimonlik (40% dan kam), oz miqdordagi kleykovina (25% dan kam), 
past sifatli kleykovina (yomon egaluvchan) bilan farq qiladi. Kuchsiz bug’doydan 
sifatsiz non chiqadi. Yaxshi non yopish uchun bunday donlarga kuchli bug’doy 
qo’shish zarur. 
Donlar DAST bo’yicha quyidagi talabalarga javob berishi lozim: 
1. 
Ranggi ushbu tur va kenja turga mos keladigan; 
2. 
Hidi sog’lom bug’doy doniga mos; 
3. 
Holati sog’lom holda qizimaydigan; 
4. 
Namligi mamlakatning janubiy tumanlari uchun 17 foizdan ko’p emas, boshqa 
tumanlar uchun 19 foizdan ko’p emas; 
5. 
Asl og’irligi O’zbekiston uchun o’rtacha – 750 gr. dan kam emas; 
6. 
Begona aralashmalar miqdori 5 foizdan ko’p emas (jumladan, mayda tosh 1 
foizdan ko’p emas, qiyinchlik bilan ajratiladigan aralashmalar 2 foizdan ko’p 
emas, zararli aralashmalar 1 foizgacha, trixodesma inkanum bo’lishi umu-man 
ta’qiqlanadi; 
7. 
Don aralashmasi miqdori – 15 foizdan ko’p emas (jumladan, ungan donlar – 1 
foizgacha); 
8. 
Kleykovina miqdori – 28 foizdan kam emas; 
9. 
Kleykovina sifati – 1 guruhdan quyi emas; 
10. 
Ombor zararkunandalari bilan zararlanishiga umuman yo’l qo’yilmasligi; 
11. 
Bug’doyning boshqa turlari miqdori – 10 foizgacha. 
Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan kuchli bug’doylarga I va IV 
turlarni (1, 2 va 3 kenja turlari) III turni I  tur kenja turi kiradi. 
Qabul qilish omborlarida donni topshirishda navli ekinzorlar aprobasiya 
dalolatnomasi yoki nav guvohnomalari bo’lishi shart. Qattiq bug’doy yumshoq 
bug’doydan bir qator biologik va morfologik belgilar bilan farq qiladi. Qattiq 
bug’doy doni yirik cho’zinchoq, burchak-qovurg’ali, don oxirida soqolchasi 
umuman bo’lmaydi yoki juda kamligidan uni lupasiz anglash qiyin. Endosperm 
konsisten-siyasi oynasimon. Don ranggi to’q tusli yoki och qaxrabo, ammo 
qizg’ishi ham uchraydi. Qattiq bug’doydan past sifatli non chiqadi, shuning uchun 
boshqa un bilan aralashtirilgan ma’qul. 
1-rasm. Don ranggini taqqoslovchi 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling