Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


romcha  118  Vazifa


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

romcha 


118 
Vazifa: talabalar 2-3 guruhga bo’linadi, har bir guruhga eng kamida 3 xil 
bug’doy namunalari beriladi. Talabalar ishni bajarish tartibida keltirilganidek, uni 
tur va turkumini, shuningdek sifat ko’rsatkichlarini aniqlashadi. 
Jihoz va materiallar: tarozi, ranggi bo’yicha solishtirish uchun ajratadigan 
romcha, kimyoviy idishlar va farfor kosachalar, bug’doy turlaridan namunalar. 
O’zlashtirish uchun savollar 
1. Bug’doy doni tarkibining asosiy belgilari qanday bo’ladi? 
2. Bug’doy doni sifatiga qanday standart talablari qo’yiladi? 
3. Bug’doy doni turlari qanday turkumlarga bo’linadi?. 
 
39-ish Donning namligini aniqlash 
Darsning maqsadi: talabalarni don partiyalarini saqlashda belgilangan namlik 
me’yori bilan tanishtirish. Ularga saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilinadigan 
donlarning namligini aniqlashni o’rgatish. 
Ishlash tartibi: don namligi deb, uning tarkibidagi, olingan namuna og’irligiga 
nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bog’langan gigroskopik suv miqdoriga 
aytiladi. 
Dondagi suv miqdori uning asosiy sifat ko’rsatkichi hamda uni saqlash 
chidamliligini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Dondagi ortiqcha suv 
nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda mikroorganizmlar hamda ombor 
zararkunandalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Don quyi harorat ta’sirida 
mumkin qadar o’zining unishini yo’qotadi va ekish uchun yaroqsiz bo’lib qoladi. 
Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) namlik qayta ishlashda ham birikadi. 
Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegirmonning unumdorligi 
pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga javob berishini 
belgilaydigan don namligining 4 holati ma’lum: quruq, yarim quruq, nam va ho’l. 
Bug’doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko’rsatkichlar bilan 
ta’riflanadi: quruq – namlik 14 foizgacha, o’rtacha quruq – 14-15,5 foizgacha, nam 
– 15,5 foizdan 17 foizgacha va ho’l – 17 foizdan ortiq. Don namligini aniqlash 
usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: to’g’ri va boshqa yo’l bilan. Birinchi 
guruhga maxsus uskunalarda oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin uni hajmini 
o’lchash yo’li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. Shuningdek don namligini 
aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usullar keng tarqalgan: 
1. Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig’i bo’yicha) namunalarni quritish 
bilan suv miqdorini aniqlash. 
2. Donning elektr o’tkazuvchanligin va dielektrik o’tkirligiga qarab namligini 
aniqlash. 
Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini quritishda 
quritgich javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh- 2, SESh-3 va boshqa) 
qo’llaniladi. Elektr o’tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng 
qo’llanilayotgan elektr nam o’lchagichlarida amalga oshirilmoqda. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling