122
Namlikni elektron nam o’lchagichlarda aniqlash.
Don namligini aniqlashda
zamonaviy elektron o’lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan usullar oldida juda
ko’p afzalliklarga ega. Birinchidan elektron asboblar don namligini aniqlashga
ketadigan vaqtni keskin qisqartirish imkonini beradi, bu don tayyorlash davrida juda
zarurdir, ikkinchidan, elektron nam o’lchagichlarning tuzilishi nisbatan oddiy bo’lib,
ularda ishlash uchun maxsus ixtisoslashtirishni talab qilmaydi,
uchinchidan, elektr
namlik o’lchagichlar yordamida masofada turib namlikni o’lchash, namlikni
avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: