Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

31 

 

SHaxsning 

individual–psixologik 

hususiyatlarini 

aks 

ettiruvchi 



tushunchalardan 

biri–


temperamentdir.  Teperament  bu  lotincha  so‘z  bo‘lib,  qismlarning  bir–biriga  munosabati  ma’nosini 

anglatadi  va  shaxsning  individual–psixologik  hususiyatlarini  majmuini  bildiradi.  Temperament 

shaxsning xulq–atvori va faoliyatining dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi. 

Temperament to‘g’risidagi g’oya va bilimlar qadimdan qadim dunyo tabibi Gippokrat yozuvlarida 

qayd  etilgan.  U  temperament  to‘g’risidagi  tushunchalarni  odam  nerv  sistemasi  bilan  bog’lab  emas, 

balki, organizmdagi turli suyuqliklar: qon, limfa, safro kabilarga, bog’lab tushuntirib bergan. I.Kant 

esa  shaxsdagi  hissiylik  va  faoliyatga  ko‘ra  kuzatiladigan  hususiyatlar  majmuini  4  guruhga  bo‘lib 

temperamentni  tushuntirgan.  Hozirgi  zamon  psixologiyasida  nemis  faylasufi  I.Kant  tomonidan 

asoslangan temperament turlaridan fanda foydalaniladi. 

Xolerik–faol, qiziqqon, hissiy kechinmalarni keskin o‘zgartira oladigan, hissiy kechinmalarni kuchli 

ifodalangan,  optimist,  arazchi,  kek  saqlamaydigan,  biroz  yolg’onchiroq  ham,  har  qanday  ishni 

ko‘tarinki ruh bilan boshlaydi va shu ko‘tarinki ruh bilan tashlab ketadi, besabr, kayfiyatga beriluvchan. 

Sangvinik–ochiq,  kirishuvchanlik,  suzomol,  tashabbuskor,  qulaylikni  yoqtiradigan,  chelovek–

komfort, yaxshi suhbatdosh, ko‘p va’da berib, lekin ko‘pincha ularni ado etmaydi, mehribon, yordam 

berishga tayyor, quvnoq, ekstrovert. 

Flegmatik–passiv,  intiluvchanlik,  boshlagan  ishini  oxirigacha  etkazadi,  hissiy  kechinmalari  zaif 

ifodalangan, o‘zini bosib olgan, og’ir vazmin, introvert odam. 

Melanxolik–o‘ta ta’sirlanuvchan, ko‘pincha ezilgan qiyofada, siqilgan kayfiyatda yuruvchi, og’ir, 

odamovi, nimadir unga etishmaydi, o‘ziga ishonmaydigan, havsiraydigan odam. 

SHaxs  va  temperament  o‘zaro  shunday  bog’langanki,  temperament  shaxsga  oid  turli 

hususiyatlarning  asosini  belgilaydi.  Temperamentdan  shaxsning  quyidagi  hususiyatlarini  aniqlash 

mumkin: hissiylik, havotirlik, ta’sirlanish, impulsivlik. SHaxsda ko‘tarilgan hususiyatlarning u yoki bu 

darajada namoyon bo‘lishiga ko‘ra uning temperamentini belgilash mumkin bo‘ladi. 

Temperament shaxsning qobiliyatlarini rivojlanishga ham o‘z ta’sirini bevosita ko‘rsatadi. Diqqat, 

harakat, tezlik va tormozlanish bilan bog’liq qobiliyatlarga temperament ta’sirini sezilarlidir. 

 

Qobiliyatlar  individual-psixologik  xususiyatlar  sifatida,  bir  odamning  boshqa  odamdan  farq 



qiladigan belgilari kabi ta’riflanadi.Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga 

oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni egallash dinamikasida 

yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon buladigan individual-psixologik xususiyatlardir. 

 

Agar shaxsning ma’lum sifatlar yig’indisi biror vaqt ichida quyilgan talablarga javob bersa, bu 



narsa  bizga  unda  mazkur  faoliyatga  qobiliyat  borligi  tug’risida  xulosa  chiqarishga  asos  buladi.Agar 

kishi xuddi shunaqa boshqa sharoitlarga uning oldiga faoliyat rubaru qiladigan talblarning uddasidan 

chiqa olmasa, undategishli qobiliyatlar yuq deb taxmin qilishga asosdir. Qobiliyatlar kishining shunday 

psixologik  xususiyatlaridirki,  bilim,  kunikma,  malakalar  orttirish  shu  xususiyatlarga  bog’liq  buladi, 

lekin bu xususiyatlarning uzlari mazkur bilim,kunikma va malakalarga taaluqli bulmaydi.Qobiliyatlar 

faqat  faoliyatda  shunda  xam  faqat  ana  shu  qobiliyatlarsiz  amalga  oshirilishi  mumkin  bslmagan 

faoliyatdagina namoyon buladi.Agar kishini rrasm chizishga urgatishga xam urinishmayotgan bulsa, 

agar  bu  faoliyat  uchun  xech  qanday  kunikmani  egallamagan  bulsa,  uning  rasm  solish  qobiliyatlari 

tug’risida gap bulishi xam mumkin emas. Faqat tasviriy sa’natga maxsus uqitish jarayonida uquvchida 

qobiliyatbor yo yuqligi aniqlanish mumkin.Bu uning ish usullari va rang munosabatlarini qanchalik tez 

va oson uzlashtirib olishida namoyon buladi. 

 

 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling