Axborotlashgan jamiyat – bu tuzilishi, texnik bazasi va kishilik salohiyati bilimlarni axborot resurslarga muvofiq aylanishi va passiv shakllardagi (kitoblar, maqolalar, patentlar va hokazo) faollarga (modellar, algoritmlar, dasturlar, loyihalar) aylantirish maqsa-dida ishlab chiqish uchun moslashtirilgan jamiyat.
Axborotlashtirilgan axborotlar tizimi – axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo’ljallangan texnik, dasturiy, texnolo-gik vositalar va mutaxassislar majmuidir.
Axborotni kodlash – axboroni ma’lumot sifatida yozish va mazmunini aynan saqlab qolgan holda axborotni boshqa shaklga o’tkazish
Bayt – xotiraning eng kichik birligi bo’lib, sakkizta informasion ikkili raqamlardan (8 bitdan) iborat
Bit (ing. bit – binary digit – ikkili raqam) – axborot miqdori birligi bo’lib, «0» va «1» dan iborat.
Blok-sxema – algoritmni tasvirlashning grafik usuli.
Dasturlash – dastur, amal (harakat) rejasini tuzish jarayoni.
Dasturlash fani – dasturlarni tuzish usullari va yo’llarini o’rgatuvchi fan.
Dasturlashtirilgan o’qitish, ta’lim – o’qitishning bir turi bo’lib, oldindan tuzilgan o’qituvchi dasturi bo’yicha olib boriladi.
Dasturlashtirish tili – axborot va uni hisoblash mashinasida qayta ishlash algoritmlarini tavsiflash uchun mo’ljallangan, inson bilan hisoblash mashinasi muloqatining rasmiy tili (masalan, Fortran, Beysik, Paskal, Si va boshqalar).
Jarayon – qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan hatti-harakatlarning muayyan majmui.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi) – bu kompyuterlarni qo’llash, foydalanuv-chilarning (dasturlash sohasida kasb egasi bo’lmagan-larning) axborot jarayonida faol ishtirok etishiga, «do’stona» foydalanuvchi interfeysning yuqori daraja-siga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo’llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kiritishga asoslangan texnologiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |