Axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborot nazariyasi – kibernetika sohasi, matematika-ning axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayon-larini o’rganuvchi bo’limi.
Axborot sohasi – subyektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi.
Axborot ta’minoti – avtomatlashtirilgan axborot ti-zimining eng muhim elementi sifatida boshqarilayotgan obyektning holatini ta’riflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo’luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan bo’lib, tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish haj-mi (axborotni tavsiflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikasiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo’yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilishi uslubining majmuidir.
Axborot texnologiyasi – obyekt (axborot mahsuloti)ning holati, jarayon yoki hodisaning yangi xususiyati to’g’risi-dagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullari majmuidan foydalaniladigan jarayon, boshqacha aytganda, axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi; uning maqsadi – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Axborot texnologiyasi fani – axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.
Axborot tizimi – belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalar (odam-kompyuter)ning o’zaro bog’langan majmui.
Axborot tili – axborot izlash va mantiqiy axborot tizimlarida semantik axborotni, fakt va ma’lumotlarni tavsiflash maqsadida (masalan, ularni EHM yordamida qayta ishlash uchun) foydalaniladigan sun’iy til.
Do'stlaringiz bilan baham: |