Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 0.56 Mb.
|
AlgoritmQo\'llanmaTugalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kattalik
- Kibernetika
- Mantiqiy malumot
- Ma’lumotlarni kiritish
Ikkilik sanoq sistemasi – asosi 0 va 1 bo’lgan pozision sanoq sistemasi.
Informatika – ilmiy axborotning tuzilishi va umumiy xossalarini, shuningdek axborotni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, almashtirish, tarqatish va inson faoliyati-ning turli sohalarida foydalanish bilan bog’liq masala-larni o’rgatuvchi fan sohasi bo’lib, uning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir. Kattalik – biror obyektni xarakterlovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko’rsatkich. Kibernetik tizimlar – kibernetika fani shug’ullana-digan murakkab boshqarish tizimlari. Kibernetika – boshqarish tizimlari, shakllari va vositalari haqidagi hamda boshqarish tizimlariga oid umumiy qonunlarni o’rganadigan fan. Kompyuter (ingl. Computer) – hisoblovchi, uning tur-lari: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan; uning guruhlari: super kompyuter-lar (Super Computer); katta kompyuterlar (Manframe Computer); mini kompyuterlar (Minicomputer); shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer); bloknot kompyu-terlar (Notebook). Mantiqiy malumot – bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) - «1» yoki FALSE (yolg’on) - «0» qiymatlarini qabul qiluvchi ma’lumot turi. Matematik model – o’rganilayotgan obyektning mate-matik formula yoki algoritm ko’rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog’lanish Ma’lumotlarni kiritish – ma’lumotni qayta ishlash yoki masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni va dasturni kompyuter xotirasiga kiritish. Ma’lumotlarni chiqarish – axborotni qayd qilish yoki ko’z bilan kuzatish uchun uni hisoblash mashinasidan chetki qurilmalar (masalan, alfavit-raqamli yozish qurilmasi, printer, displey va boshqa)ga uzatishyu Texnologiya – san’at, mahorat, bilish degan ma’nolarni bildiradi (bu esa jarayondan boshqa narsa emas), ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui bo’lib, bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash degani. Fayl – xotira qurilmalarida saqlanuvchi ma’lumotlar-ning bir qismi, boshqacha aytganda, ma’lum bir ma’lumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling