Takrorlash uchun savollar
1. Algoritm qanday ko’rinishlarda beriladi?
2. Algoritmni formula orqali belishini tushuntiring?
3. Algoritmni jadaval ko’rinishiga misollar keltiring.
4. Blok-sxema nima?
5. Algoritmik til nima?
6. Algoritmlar dasturlash tillari orqali qanday beriladi?
7. Algoritmning qaysi ko’rinishi samaraliroq bo’ladi?
8. Algoritmlar kim uchun tuziladi?
9. Blok-sxemaning tarkibiy qismlarini tushuntiring.
10. Algoritmni tasvirlar usullarining maqsadi nima?
1.4. Algoritmning turlari.
Algoritmlar berilishi va ifodalanishiga qarab: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi turlarga bo’linadi.
Mustaqil mashqlar
Choy damlash jarayonini matn usulida yozing.
Telefon orqali so’zlashuv jarayonini matn usulida ifodalang.
y=2x funksiyani qiymatlar jadvalini tuzing va izohlang.
Taom tayyorlash jarayonini yozing.
Yo’l harakati qoidasiga rioya qilish jarayonini tasvirlang?
y=x2 funksiyani grafigini chizing va uni izohlang.
Nazorat uchun test savollari
1. Algoritmning xossalarini toping
a) chiziqli,tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi
b) aniqlanganlik, tushunarlilik, diskretlik, ommaviylik,natijaviylik
c) aniqlanganlik, tushunarlilik, diskretlik, tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi
d) chiziqli,tarmoqlanuvchi, diskretlik, ommaviylik,natijaviylik
2. Algoritm bu:
a) amallar ketma-ketligi
b) chekli amallar ketma-ketligi
c) buyruqlar va amallar ketma-ketligi
d) a),b),c)
3. Algoritmning berilish usullari qanday
a) matn orqali
b) formulalar orqali
c) jadval ko`rinishida
d) matn, formula, jadval ,dastur, algoritmik til,blok-sxema
4. Algoritm turlarini ko`rsating
a) chiziqli, tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi
b) chiziqsiz, tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi
c) tarmoqlanuvchi
d) takrorlanuvchi
5. blok qanday ko’rsatmani bildiradi?
a) Shart tekshiradi
b) Hisoblash bajarishni
c) Boshlanishni
d) Qiymat kiritishni
6. Quyidagilardan qaysi biri algoritm ko’satmasi bo’la olmaydi?
a) “Sakrash mumkin”
b) “2 karra 3 necha bo’ladi?”
c) “Tugallansin”
d) a va b
7. blok qanday ko’rsatmani bildiradi?
a) Shart tekshiradi
b) Oddiy harakatni
c) Boshlanishni
d) Qiymat kiritishni
8. blok qanday ko’rsatmani bildiradi?
a) Shart tekshiradi
b) Oddiy harakatni
c) Boshlanishni
d) Qiymat kiritishni
9. blok qanday ko’rsatmani bildiradi?
a) Shart tekshiradi
b) Oddiy harakatni
c) Boshlanishni
d) To’g’ri javob yo’q
10. Algoritm so’zi qaysi olim nomi bilan bog’liq
a) Abu Rayxon Beruniy
b) Al Xorazmiy
c) Ibn Sino
d) Mirzo Ulug’bek
Do'stlaringiz bilan baham: |