Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti boshlang`ich ta`lim kursi 5-guruh tinglovchisi Soyipov Obidning kurs davomida tayyolagan bir soatlik dars ishlanmasi
Download 1.58 Mb.
|
gulnoza
O`quvchilar: “Qirol sher”.
“Tarmoqlash” metodi. h ayvonlar podshohi yirtqich hayvon y ovvoyi hayvon kuchli hayvon multfilm qahramoni o`rmonda yashaydi O`qituvchi: - Aziz bolajonlar bugun biz sizlar bilan ana shunday aqlli hayvonlar haqidagi yan bitta shunday ertakni o`rganamiz. Ertagimizning sarlavhasi “Qo`riqchining sabog`i” deb nomlanadi. O‘qituvchi ertakni ifodali qilib o‘qib beradi. Qo`riqchining sabog`i. (Ertak) Feruza Jalilova Bir bor ekan, bir yo`q ekan. Qadimda mehnatsevar, mirishkor bir dehqon yashagn ekan. Poyonini ko`z ilg`amas dalasida uzukkun mehnat qilarkan. Yetishtirgan qovun-tarvuzlar-u karamlariga kishining qulochi bazo`r yetarkan. Bir kuni tushlik qilib dalasiga qaytsa, polizga “o`g`ri” oralabdi. Og`ri kim ekan deysizmi, shu yaqin atrofda yashovchi jajji tiprakikan va quyonchalar ekan. Dehqonning jahli chiqib, ularga kesak otib, quvlabdi. “Xo`sh sen qayoqqa qarayapsan?” deb o`dag`aylabdi pilizga tikilgan jonsiz qo`riqchiga qarab… Shu yili dehqonning dalasidagi ekinlar kaslikka chalinib, bor hosili nobud bo`libdi. Uning erta bahordan kech kuzgacha qilgan mehnati zoye ketibdi. Xafa bo`lib yotib, g`alati tush ko`ribdi. Tushida polizga tutash o`rmonda keksa bir donishmand tipratikan yasharmish. U jajji quyonchalar va tipratikanlarni bir yerga to`plab, nasihatlar qilarmish. Karam, sabzi yegisi kelib polizga kelayotgan jonivorlarga “Ekinlarni payhon qilmanglar, isrof qilmanglar, bobodehqon ranjiydi” deya tayinlarmish. Dehqonning tunov kuni jahl bilan otgan kesagi mittigina quyonchaning oyog`ini mayib qilgan ekan. Quyoncha tipratikanga: “Biz axir ekinlarni payhon qilmasdan, aytganingizdek, bir donagina sbazini hammamiz baham ko`rayotgankik-ku”, deya zorlanayotganmish. Shu payt qarshisida dalasidagi jonsiz qo`riqchi paydo bo`libdi va tilga kirib: _ Dehqon bobo, siz juda mehnatkash insonsiz. Lekin juda ziqnasizda. Bir donagina sabzingizni kitti jonivorlarga ravo ko`rmadingiz-a? Oyog`i singan quyonchaning ahvolini ko`rdingizmi? – debdi. Jonsiz, hissiz bir qo`riqchidan ta’na eshitgan dehqon rosa mulzam bo`libdi. Bu voqealar tushida sodir bo`lsa-da, u o`ziga tegishli xulosa chiqarib olibdi. Savatchaga poliz mahsulotlaridan solib, o`rmonga eltib qo`yadigan odat chiqaribdi. Bundan buyon qo`li ochiq, saxovatli inson bo`lishga so`z beribdi. Savollar: Nima uchun dehqonning jahli chiqibdi? Dehqon tushida nimalarni ko`ribdi. Dehqonning mulzam bo`lish sababini so`zlang. Dehqon qnaday xulosa chiqaribdi? Ertakni bir nuqtadan o‘quvchilarga o‘qitiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling