Darsning borishi:
I bosqich. Tashkiliy qism.
1. o`quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlash, odobi haqida ayrim fikrlarni bildirish. Masalan: Kiyinish, so‘zlashish odobi haqida o‘quvchilarga yana bir bora eslatish.
2. Sana va mavzuni aniqlab, yozuv taxtasiga yozsih.
O`qituvchi: Bolajonlar, o`qish, ilm olish, ona yurtimiz, tabiatimiz , ajdodlarimiz haqida qiziqarli ertaklarni biz qaysi darsda o`rganamiz.
O`quvchilar: (jo`r bo`lishib) o`qish darsida
O`qituvchi: Demak biz hozir siz bilan o`qish darsini boshlaymiz.
II bosqich. O`tilgan mavzuni so`rash.
O`quvchilardan o`tilgan mavzuni savollar yozilgan tarqatmalar orqali so`raladi. O`tilgan mavzu: “Mehrjon sayli” bir nuqtadan o`qitiladi. Savol-javob qilinadi.
O‘zbeklarning qanday an’analarini bilasiz?
Nima uchun „Mehrjon“ deyilar ekan?
3. „Mehrjon“ bayramida qatnashganmisiz?
Maqollarni yoddan so‘rash.
Vatan haqida
Vatanni sotgan er bo`lmas.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning taxti bor.
Ona yurting – oltin beshiging.
III bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Abu Rayhon Beruniy
Xorazm shahrida tug‘ilgan.
Beruniy astranomiya, geografiya, matematika, tarix fanlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimdir.
Dam olish daqiqasi.
O‘rnimizdan turamiz,
Qo‘llarni ko‘taramiz.
Ko‘zimizni yumib biz,
Dam olamiz biroz biz.
Ko‘zlarni ochib katta,
Chap tarafga qaraymiz.
So‘ngra o‘nga qaraymiz,
Qo‘llarni tushuramiz,
Joyimizga o‘tiramiz.
IV bosqich. Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bolajonlar, yangi mavzuni boshlashdan oldin “Bo`lishi mumkin emas!” o`yinini o`ynaymiz. Hozir men sizlarga matnni o`qib beraman. Sizlar esa, bo`lishi mumkin bo`1magan so`zlarni ajratib olasizlar.
Dushanba dam olish kuni bo`lganligi uchun Olim maktabga bormadi. U ukasi Vazira bilan hayvonot bog`iga bordi. Ular suvda suzib yurgan sherni, qafasda suzayotgan baliqlarni ko`rdilar. Ular hayvonot bog`idan zo`r taassurotlar bilan qaytdilar.
O‘quvchilar nima mumkin emasligini aytadilar.
Hikoyada siz sevgan qaysi multfilm qahramoni qatnashayapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |