Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


 Fanning ilmiy-nazariy asoslari boʻyicha dolzarb muammolar, ilmiy izlanishlar


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

1.2. Fanning ilmiy-nazariy asoslari boʻyicha dolzarb muammolar, ilmiy izlanishlar, 
dissertatsiya va ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni oʻqitishda 
foydalanish. 
Davlat va huquq asoslari fani nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida yuz 
berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda. 
Davlat va huquq asoslari fani ham fan sifatida zamonaviy davlatchil ik va huquqiy 
amaliyot ta’sirida rivojlanib, yangilanib va boyib bormoqda. Shu oʻrinda «fan» iborasi xususida 
toʻxtalib oʻtish joiz. Fan – bu ilmning muayyan soha boʻyicha tizimli bilimlar berishga 
ixtisoslashtirilgan yoʻnalishi hisoblanadi. Aniq aytganda, fan – tizimlashtirilgan bilimlar 
yigʻindisi boʻlib, u ilmning nazariya, qonuniyat, tushunchalar (kategoriyalar) kabi turkumlarida 
ifodalanadi. 
Davlat va huquq asoslari faning predmetini ushbu fan oʻrganadigan – davlatning jamiyat 
bilan boʻladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi 
oʻrni, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid ijtimoiy masalalar tashkil etadi. 
Fanning ob’yekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida 
ilmiy oʻrganish qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. 
Davlat va huquq fanning ilmiy-nazariy asoslarini oʻrgatishda dolzarb muammolarning 
yechimlarini topishda muhim ahamiyat kasb etuvchi bir qator ilmiy izlanishlar, dissertatsiya 
materiallaridan misollar keltiramiz. Chunki, bunday ilmiy tadqiqot materiallari fanni oʻqitishda 
muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga fanni oʻqitishda faqatgina darslikka qaram boʻlib 
qolishni oldini oladi.
Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni 
shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini 
shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda 
fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo 
va kamchil iklarni bartaraf etish, xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy ta’lim va 


19 
tarbiya borasidagi ishlar tizimli, uzviy olib borishga, huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonida oila, 
mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki etishiga, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga 
salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda 
qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga 
nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashish, aholining huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samaradorligiga hamda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ishlar hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy 
ta’sirini bartaraf etishda ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni oʻqitishda 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling