1.3. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishga oid kompetensiyaviy yondoshuvlar.
Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuvning vujudga kelishi davlat va huquq faniga oid
materiallarni analiz qilinsa, uning rivojlanish tarixini shartli ravishda toʻrtta davrga boʻlish
mumkin.
Birinchi bosqich (1960-1970-yillar). Bu davrda ilk bor kompetnsiya va kompetentlik
tushunchalari ilmiy adabiyotlarga kirib kela boshladi. D.Xaymas tomonidan komunikativ
kompetentlik tushunchasi kiritildi.
Ikkinchi bosqich (1970-1990-yillar) boshqarishda kasbiy mahorat, rahbarlik qilishda,
menejmentda, muloqqot qilishni oʻrganishda kompetensiya (kompetentlik) tushunchalarining
mazmuni ishlan chiqila boshladi. J.Raven 1984-yildagi Zamonaviy jamiyatda kompitentlik nomli
asarida kompetentlikka ta’rif berdi.
Uchinchi bosqich XX asrning 90-yillaridan boshlanadi. Bu davrda kopetentlikni ilmiy
kategoriya sifatida ta’limda nisbatan qoʻllash boʻyicha tadqiqot ishlari bajarildi. 1993-1996-
yillarda YUNESKO materiallari va hujjjatlarida ta’limda kutiladigan natija sifatida bir qancha
kompetensiyalar ajratib olina boshladi.
Toʻrtinchi bosqich kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari
standartlari mazmuniga kiritish bogʻliqdir. 2006-yil 18-dekabrda Yevropa parlamenti va
Kengashi uzluksiz ta’lim uchun
oʻz ona tilida muloqot qila olish, chet tilida muloqot qila olish,
Matematik kompetentlik hamda fan va texnika sohasidagi
asosiy kompetentsiyalar,
raqamli
kompetentlik, oʻqishni oʻrganish, ijtimoiy va fuqarolik kompetentsiyasi, tadbirkorlik va
tashabbuskorlik tuygʻusi, madaniyatdan xabardor boʻlish va uni ifodalash
tayanch
kompetensiyalarini tavsiya etdi.
Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va
malakalarni alohida shakllantirishni emas, balki ularni kompleks ravishda egallashni taqoza
etadi. Shunga koʻra, oʻqitish metodlari ham oʻzgaradi.
Kompetensiya –fan boʻyicha egallagan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni
kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib,
amaliyotda qoʻllay olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |