Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Ma’ruza darsini uch bosqichga boʻlish mumkin
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Ma’ruza darsini uch bosqichga boʻlish mumkin:
1.Kirish. Avvalgi maʻruzada nimalar oʻrganilgan, uning natijasi nimalar bilan bogʻliq, bugungi darsga qanday maqsad qoʻyilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bogʻlanadi. Keyin yangi mavzu eʻlon qilinadi. Maʻruza rejasi, mustaqil oʻqish uchun zarur asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar roʻyxati tavsiya etiladi. Mavzuni oʻrganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi. 2.Asosiy bosqich. Bu bosqich maʻruza rejasiga koʻra tanlangan dars oʻtish metodlarini qoʻllagan holda oʻtkaziladi. Tinglovchil arga moʻljallangan axborotlar yetkaziladi. 3.Yakuniy bosqich. Maʻruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, eʻtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, hodis- alar taʻkidlanadi. Qoʻyilgan maqsadga qay darajada erisxil di, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi maʻruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi koʻrsatiladi. Seminar: (lot. seminarium - koʻchatxona; maktab) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza muhokamasidan iborat. Seminar mavzuni ilmiy tadqiq etgan oʻqituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti xarakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institutda keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.Taʼlimning bu shakli darslar, bahs- munozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va qadimyi Rim maktablarida vujudga kelgan. XVII asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllaniladi. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: 1. Kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan ; 2. Kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan; 3. Ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. Seminar oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchil ar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir . Umumtaʻlim maktablarida Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda maʻruza mashgʻulotlarida oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda amaliy mashgʻulotlar ham olib boriladi. Amaliy mashgʻulot oʻqitishning taʻlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, nazariya va amaliyot birligi vazifasini bajaruvchi mashgʻulot shakli sanaladi. Amaliy mashgʻulot atamasi pedagogikaga oid adabiyotlarda keng maʻnoda mashq, seminar va laboratoriya mashgʻulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashgʻulotlarning maʻruzadan farqlanadigan asosiy belgilaridan biri oʻquvchil arning birgalikdagi oʻquv maqsadlariga erishish harakatlarida koʻzga tashlanadi. Ular vazifalariga koʻra ham farqlanadi. Agar maʻruzada mavzu nazariy jihatdan bayon qilinsa, amaliy mashgʻulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. 24 Amaliy mashgʻulotlar oʻquvchil ar bilimini mustahkamlash, amaliyotga qoʻllash va nazorat qilishga xizmat qiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling