2.1. Fan boʻyicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashgʻulot va boshqa
mashgʻulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish orqali oʻquvchilarda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatini shakllantirish nazarda tutilar ekan oʻqitishning samaradorligini ta’minlashda
ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashgʻulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish
kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur oʻqitish usullari va mashgʻulotlar
oʻzining rang-barangligi bilan bir-biridan farqlanib turadi. Bu esa oʻquvchil arni dars
mashgʻulotlariga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi.
Davlat va huquq asoslari darslarida oʻquvchilarni yangi mavzuning oʻquv maqsadlari,
vazifalari, ma’ruza davomida kichik guruhlarning mashgʻulot davomida bajariladigan ishlar
bilan tanishtirishi, oʻquv maqsadlarini oʻquvchilar zimmasiga yuklashi talab etiladi. Yangi
mavzuning mazmunidagi asosiy gʻoya, qonunlar, qonuniyatlar koʻrgazma vositalar yordamida
keng qamrovli yoritilishi, mavzu boʻyicha tushuncha, koʻnikma va malakalar oʻquvchilar
tomonidan oʻzlashtirish bosqichlariga amal qilingan holda shakllantirilishi lozim. Mavzu
bayonida ilmiylik, tushunarlilik, tizimlilik, keng qamrovlilik, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim-
tarbiya uzviyligi kabi oʻqitish prinsiplariga amal qilish, mavzu mazmunini mahalliy hamda
qoʻshimcha materiallar bilan kengaytirishni amalga oshirishga e’tibor qaratish nazarda tutiladi.
Mavzu bayonining samaradorligini reproduktiv (ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy) hamda faol
(muammoli, mantiqiy, ijodiy izlanishli, didaktik oʻyinli) metod va vositalar (koʻrgazmali
qurollar, laboratoriya jihozlari, tarqatma, didaktik materiallar, oʻquv-texnik va kompyuter
vositalari)dan uygʻun foydalanish talab etiladi.
Ma’ruza oʻquv jarayonining asosiy boʻgʻini, dars oʻtishning asosiy shakllaridan biridir.
Ma’ruza bilimni soʻz bilan ifodalash, ogʻzaki bayon qilish koʻzda tutilgan, majmining kattaligi,
mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza (arabcha,
leksiya (lot. lectio) - oʻqish) oʻquv materiali, biror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil ,
ma’lum bir tizimga solingan bayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |