Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Ochiq dars natijalarini oʻquv jarayoniga joriy etish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Darsni kuzatish va tahlil qilish
Ochiq dars natijalarini oʻquv jarayoniga joriy etish:
1. Fan metod birlashmalarining taklifiga binoan ochiq dars tahlili natijasi oʻquv jarayoniga joriy etilishi kerak boʻlgan ilgʻor pedagogik tajriba hisoblanadi. 2. Ochiq darsning metodik majmuasini keng joriy etish uchun uning barcha manbalari (ssenariy, texnikaviy vositalar, maʻruzalar matni va hokazo) oʻqituvchil ar oʻrtasida ommalashtiriladi. 3. Ochiq darsda qatnashgan oʻqituvchil ar varaqada toʻldirilgan ochiq dars tahlilini oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradilar. 4. Ochiq dars boʻyicha metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, taklif va xulosalarning tahlili ilg`or pedagogik tajriba tatbiqlariga kiritiladi. 5. Taʻlim muassasasi pedagogik kengashida ochiq dars natijalari kengash aʻzolariga etkaziladi. Pedagogik kengash qaroriga ilgʻor pedagogik tajribalardan foydalanish toʻgʻrisidagi aniq taklif va tavsiyalar kiritiladi. 6. Taʻlim muassasalarida taʻlim tarbiya berish uslublarining yangi, ilgʻor shakllarini 29 amalda qoʻllab-quvvatlashi kerak. Ochiq darslar muhokamasini uyushtirish. Ochiq darslarning mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi boʻyicha muhokamasi ochiq darsdan soʻng, oʻqituvchil ar xonasida davom ettiriladi. Ochiq darsning muhokamasi metod birlashma majlislari bayonnomasida qayd etiladi. 2.Darsni kuzatish va tahlil qilish Har bir dars tashkiliy qismdan boshlanadi: bu davrda oʻquvchil ar sinf xonasi, taʻlim vositalari darsga tayyorlanadi. Ayniqsa oʻquvchini psixologik jihatdan darsga tayyorlash muhim rol oʻynaydi. Oʻquvchil ar avvalgi dars yoki tanaffusda boʻlgan biror voqyea - hodisa taʻsirida boʻladilar. Shuning uchun ham oʻqituvchi oʻquvchil arni eʻtiborini, diqqatini, xayolini, fikriy faolligini oʻz darsiga burishi lozim. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali oʻquvchil arning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, oʻquv faniga boʻlgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, oʻquvchiga boʻlgan munosabati aniqdanadi. Shu bilan birga oʻqituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, oʻqituvchining oʻquv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, koʻrgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini toʻgri qoʻyishi, dars jarayonini toʻgri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishni nazorat etishi, oʻquvchil ar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling