Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Treningni oʻtkazish texnikasi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Verbal (nutqiy) aloqa oʻrnatish
Treningni oʻtkazish texnikasi. Qatnashchil ar bilan noverbal (soʻzsiz, mimika,
pantomimika, qarash va hokazo) aloqa oʻrnatish: Gapirayotganingizda har bir talabani koʻz ostingizda tuting. Hammaga bir xil eʻtibor bering, Siz guruhdagi baʻzi odamlarga xayrixoh boʻlib qolmang. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qiling (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qoching, shuningdek, guruhga oʻzingiz koʻrinmaydiganjoydan turib gapiring). Qatnashchil arning bosh qimirlatishi, tabbassumi va hatti harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanliligiga hohishi borligiga eʻtibor bering. Guruh qarshisida turing. Oʻqish va trening boshlanganda oʻtirmang (xotirjam, shu bilan birga maqsadli va qatʻiy boʻling). 26 Verbal (nutqiy) aloqa oʻrnatish: Savollarni shunday tuzingki, qatnashchil ar gapirsin. Bunda sizga ochiq savollar yordam beradi: «Siz bu haqda nima deysiz?», «Nimaga?», «Qanday? «Agar? va hokazo. Agar talaba «Ha», «Yoʻq» deb javob bersa, «Nega shunday gapiryapsiz?» deb soʻrang. Oʻz ovozingiz ohangiga eʻtibor bering. Ayniqsa, qatnashchil ar ichidapedagogik maʻlumoti boʻlmagan kisxil ar boʻlsa, u holda asta-sekin va aniq gapiring. Qatnashchil arni oʻzingizdan koʻproq gapirishga undang. Oʻzingiz va qatnashchil arning soʻzga chiqish vaqtlarini hisobga olib boring. Hamma savollarga faqat oʻzingiz javob bermang. Qatnashchil ar bir-birining savollariga javob berishi mumkinligini unutmang. Bu sizning zaxirangizni koʻpaytiradi. “Kimdir bu savolga javob bera oladimi?” deb soʻrang. Qatnashchil arning fikrini oʻz soʻzingiz bilan takrorlab, bir oz oʻzgartiribifoda qiling. Bu Sizga gapiruvchini tushunishingizni etarli darajada nazorat qilishga imkoniyat beradi va muhokama savollarini tushunishni kuchaytiradi. Bahs umumlashtirilgan natijalari mohiyatini har bir ishtirokchi toʻgʻri tushunganiga va toʻgʻri yoʻnalishda ketayotganligiga amin boʻling. Bu qarama-qarsxil iklarni koʻrish va xulosa chiqarish uchun qulay fursatdir. Shaxsiy tajribangiz mazkur bahsga mos kelsa, qatnashchil ar fikrlarini mustahkamlang. “Bu menga oʻtgan yilgi voqeani eslatadi” - deyishingiz mumkin. Muayyan fan boʻyicha professor-oʻqituvchil ar va mutaxassislar ishtirokida turli shaklida oʻtkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi. Ochiq darslarni oʻtkazishdan maqsad professor-oʻqituvchil arni tegishli fan, texnika va texnologiyalar sohalari boʻyicha jahonda erisxil gan yutuq va yangiliklardan xabardor boʻlishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tayyorlash, oʻtkazish va shu tariqa taʻlim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini taʻminlashdan iboratdir. Ochiq darslarning maqsadi, darsni ilmiy asosida tashkil etish taʻlim mazmunini taʻminlashda yuqori bilim saviyasiga eirishishni namoyish qilish, taʻlim-tarbiyaviy jarayonda ilg`or shakl va uslublardan real foydalanishni tashkil etish didaktik va koʻrgazma vositalaridan optimal foydalanish tizimini yaratishdan iboratdir. Ochiq darsning asosiy maqsadi oʻqituvchining dars oʻtishdagi ilg`or tajriba va uslublarining samaradorligini koʻrsatish va uni ommalashtirishdir. Ochiq darslarni oʻtkazish vazifalariga quyidagilar kiradi: oʻquvchil arga fandagi soʻnggi yutuq va yangiliklarni yetkazish; taʻlim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchil ik ishtirokini taʻminlash; ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk dars materiallarini targ‘ibot etish; yosh pedagog kadrlarning kasb-mahoratini oshirish; yuqori saviyadagi ochiq dars mualliflarini moddiy va maʻnaviy ragʻbatlantirish. Ochiq darslar, odatda oʻz sohasi boʻyicha taniqli yoki ilmiy daraja va unvonlarga ega boʻlgan tajribali oʻqituvchil ar tomonidan oʻtkaziladi. Ochiq darsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif pedagog kadrlar tomonidan oʻquv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga maʻlum qilinadi. Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya qiluvchi oʻqituvchi, ishni yangi boshlayotgan oʻqituvchi yoki muhandis-pedagoglar ulardan mashg‘ulotlar oʻtkazish metodikasini oʻrganib olishlari mumkin. Darsning ssenariyasi va rejaga oʻqituvchi tomonidan tuziladi. Ochiq darslarning rejasini tuzishda, darslarning barcha turlarida samaradorligiga erishish oʻquv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi. Ochiq darslarni oʻtkazish rejasi direktor yoki uning oʻquv ishlab chiqarish ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq darslarning mavzusi mualif tomonidan belgilanadi va oʻquv adabiyotlarida kam yoritilgan yoki uddalashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularga koʻproq eʻtibor qaratish lozim. Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik koʻrish kerak, bu tayyorgarlik ochiq darsning hamma elementlarini ishlab chiqarish, ish bosqichlarni, vaqtlarga boʻlish, darsni 27 koʻrgazmali materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan unumli foydalanish. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling