Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Ochiq darsga qoʻyiladigan talablar


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Ochiq darsga qoʻyiladigan talablar: 
- Ochiq dars taʻlim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy barqarorlanish 
jarayonining tashkiliy qismlaridan biri boʻlishi kerak. Dars ssenariyasida darsning ilmiy 
ahamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining oʻrni, 
mavzu boʻyicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim; 
- Darsning metodik optimalliliga oʻqitishning texnikaviy vositalarning toʻgʻri 
tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak. 
Dars shaklidan qatʻiy nazar, maqsad oʻquvchini mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil 
olishga y oʻllash oʻquv jarayonining asosiy omili ekanligini koʻzda tutish zarur: 
- Ochiq dars oʻqituvchining oʻquv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi boʻlib, 
uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini koʻrsatish lozim. 
Ochiq darslarni tayyorlash: 
Oʻqituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga eʻtibor berishi kerak: 
- dars vaqtini optimal rejalashtirish; 
- manbalarni chuqurlashtirish; 
- shu darsdagi sinf oʻquvchil arining oʻzlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars 
mavzusini tushuntirish uchun avvl olgan bilimlarning koʻnikma darajasini bilish); 
- dars berishning uslub va vositalarini toʻgʻri tanlash; 
- iqtidorli yoshlarga chuqur taʻlim va tarbiya talablariga javob berish
- ochiq dars mavzusini tanlash, oʻqituvchil arining pedagogik mahoratini, metodik 
taʻlimini va dars oʻtish vositalarini aniq koʻrsatish; 
- ochiq darsga tayyorlanish davrida oʻqituvchi ilmiy-metodik izlanishi, koʻrgazmali 
qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak. Bu oʻqituvchil 
arda tahlil olishga qiziqish uygʻotib, zamonaviy yutuqlardan bexabar boʻlish imkoniyatini 
yaratadi. 
Darsning moddiy-texnikaviy taʻminoti ilgaridan tayyorlash, barcha koʻrgazma va 
namioyish vositalardan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak. 
Fan metod birlashmasi ochiq darsga tayyorlanish vaqtida, muallifga texnikaviy, metodik 
ash’yoviy va tahliliy yordam berishi kerak. 
Ochiq darsning metodik taʻminoti 
1. Darsning metodik majmuasi quyidagilardan iborat: 
- fanning taqvim-mavzu rejasi; 
- maʻruza matni yoki mashgʻulotlar (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish va hokazo) ning 
rejasi; 
- dars stsenariysida koʻrsatilgan didaktik, koʻrgazmali materiallari va boshqa texnikaviy 
vositalar; 
- nazorat ishi uchun savollar toʻplami; 
- uy vazifasi savollari yoki masalalari toʻplamlari; 
- oʻz-oʻzini nazorat qilish savollari; 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling