31
- yangi materialning asosiy goyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch
bilimlarning muhimligini koʻrsatish.
5. Dars tahlilining xillari
Dars tahlilini quyidagi asosiy 5 turga boʻlish mumkin:
1. Ilmiy tahlil.
2. Metodik tahlil.
3. Didaktik tahlil.
4. Umumpedagogik tahlil.
5. Umumpsixologik tahlil.
Ilmiy tahlil.
Berilayotgan bilimlarning
ilmiy-nazariy jihati, oʻquvchi bajarayotgan mustaqil ishning
maqsadga muvofiq boʻlishi jihatdan toʻgriligini aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarga
eʻtibor berish maqsadga muvofikdir.
•
Oʻqituvchining shu kungi darsga ilmiy-metodik tayyorlanganlik holati.
•
Oʻz mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanganligi.
•
Dars jarayonida ilmiy qoida va taʻriflarning toʻgri
bayon etilishi hamda ilmiy
atamalarning oʻquvchil arga singdirib borilishi.
•
Darslik materiallarining qoʻshimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi.
•
Oʻquvchi va oʻqituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy
hamda mustaqil ishlarning
ilmiy-nazariy jihatdan maqsadga muvofiqligi.
•
Oʻquvchil ar mavzuni ilmiy jihatdan toʻgri, qisqa va mukammal bayon etishini
oʻqituvchi tomonidan nazorat qilishi.
•
Dars davomida yangi mavzuni bayon etish jarayonida taʻlimning
tarbiya bilan
boglanishi.
•
Oʻqituvchi va oʻquvchil arning nutq madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: