Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

 
I Bosqich: Yuqorida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
II Bosqich: Tinglovchil arga fan toʻgaraklari haqida qanday malumotlarga egasiz?
Nimalarni bilshni istaysiz? kabi savollar yozilgan daraxt barglari tarqatiladi.
Har bir tinglovchi oʻz fikrlarini barglarga yozadi. Ular doskada chizilgan daraxtlarga 
ilinadi. Fikrlar umumlashtiriladi.


96 
III Bosqich: Kichik maʻruza: “Davlat va huquq asoslari fanidan ilgʻor ish tajribalarni 
ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari” mavzusi bayon qilinadi. Oʻqituvchi 
tinglovchil ar ehtiyojini aniqlab olib, soʻng oʻzining kichik maʻruzasini boshlaydi.
1. Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish. 
Xalq taʻlimi vazirligi 2022-yil 25-avgustdagi “O‘qituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyati 
davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish taribini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 279-son buyrug‘ida ommalashirish aniq belgilab berilgan tartib boʻyicha amalga 
oshiriladi. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi talabgorlarning ilg‘or ish 
tajribalarini o‘rganish va ularni ommalashtirish bo‘yicha yagona ishchi organ hisoblanadi. 
Ilgʻor ish tajribalarni ommalashirish – bu talabgor tomonidan o‘quv jarayonini samarali 
tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirishga 
qaratilgan ilg‘or ish uslublarini boshqarishga amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etish 
hisoblanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quv jarayoniga 
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or ish tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
joriy etish hamda xalq taʻlimi tizimi xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga 
qo‘yishdan iborat bo‘lgan jarayon ommalashtirishning maqsadi hisoblanadi. 
Talabgorning ilg‘or ish tajribalarno o‘rganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma 
orqali amalga oshiriladi. 
Bunda talabgor maxsus platformada o‘ziga shaxsiy kabinet yaratadi hamda 
ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida elektron shaklda 
joylashtiradi. 
Tayyorlangan metodik ishni maktab miqyosida ommalashtirish uchun yozma ravishda 
ariza bilan murojaat qiladi. Metod birlashma talabgorni ishini metod birlashma a’zolari bilan 
ko‘rib chiqadi va zarur hollarda dars jarayonida sinovdan o‘tkazadi. Ushbu metodik ishga metod 
birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik 
kengashga tavsiya etiladi. Pedagogik kengash ijobiy xulosa olgan talabgorning ushbu metodik 
ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki rad etish bo‘yicha qaror chiqaradi. 
Talabgorning ilgʻor ish tajribasini tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida 
ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shahsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni 
joylashtirishi lozim: 
talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta’lim miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi 
to‘g‘risida pedagogik kengashi qarorining elektron (pdf) nushasi; 
ommalashtirishga uchun tavsiya etilgan ish uslubi aks etgan metodik materialning 
tegishliligicha elektron (pdf) nushasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi. 
Talabgor tomonidan ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga doir metodik mahsulotlar 
quyidagi ketma-ketlikda va muddatlardamaxsus platformaga joylashtiriladi; 
maxsus platformaga kirish; 
ommalashtirish menyusini tanlash
metodik mahsulotni yuborish uchun “tizimga kirish” tugmasi yordamida ro‘yxatdan o‘tish; 
talabgor birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish uchun ERP orqali o‘tish tugmasini bosish; 
talabgor telefon raqami va JSHSHIR raqamini kiritish; 
talabgor “yuborish”tugmasini bosadi va metodik mahsulotlari platformaga yuboriladi. 
Yuborilgan materiallar uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling