Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

1.1. Fandagi yangiliklar.
Davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchil ariga zaruriy bilimlar berish, olingan bilimini 
hayotga tatbiq etish mahoratini egallash, oʻz ustida ishlash, izlanish, koʻnikma va malakalarini 
qo`llay olishlari uchun fan doirasidagi yangiliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy maqolalar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, davlat va huquq asoslari fanini oʻrganish orqali 
mamlakatimizdagi barcha sohalaridagi o`zarishlarni tub mohiyatini tushunish imkoniyatiga ega 
boʻlamiz. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijobiy oʻzgarishlar 
bilan bir qatorda huquqshunoslik fani sohasida ham yangilanish jarayonlari kechmoqda. 
Ayniqsa, Davlat va huquq asoslari fanning ilmiy-nazariy asoslari va fanning dolzarb 
muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar hamda ilmiy-metodik maqolalar 
yozilmoqda, anjumanlar tashkil etilmoqda. 
Bunday o`zarishlar fuqarolarimizning huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda 
qo`llay olishga va huquqiy ta’limning yuksaltirishga hizmat qiladi.
Davlat va huquq asoslari fanidagi yangiliklar bevosiya Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmoni bilan bogʻliq. 
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini 
ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan ekanligi mazkur 
farmonda belgilab berilgan. 
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning quyidagilar: 
fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ 
demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va 
huquqiy madaniyatni chuqur singdirishshaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari 
oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish; 
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-
axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga 
bolaligidan boshlab oʻrgatish; 
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni 
kuchaytirish; 
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish, 
huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-
texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish
yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur 
tadqiq etish belgilab berilgan. 
“Yuksak huquqiy madaniyat-mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya 
asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari uchun tizimli va keng 
qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 


18 
yuksaltirishda “shaxs-oila-mahalla-ta’lim muassasasi-tashkilot-jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli 
va uzviy tashkil etish asosiy vazifa etib belgilandi. 
Mazkur farmonda, oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish maqsadida, bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish, ushbu huquqiy portalda 
Konstitutsiyani oʻrgatishga doir materiallarni tarqatish hamda yoshlar va ota-onalar oʻrtasida 
nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari 
toʻgʻrisida muntazam ravishda huquqiy targʻibot tadbirlari qamrab oladi. 
Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida, “Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” va “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv 
kurslarini barcha ta’lim turlari boʻyicha tizimli oʻrgatish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish va 
oʻrgatilishini tashkil qilish, maxsus oʻquv kurslari yakuni boʻyicha oʻquvchi va talabalar orasida 
sinovlar tashkil qilish, bolalar va oʻquvchil arning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda 
huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson 
huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va chop etish masalalariga 
alohida e’tibor qaratilgan. 
Eng muhimi farmonda yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari tizimini 
yaratish. Farzandlarimizga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga 
qaratilgan “Street law” loyihasini keng joriy qilish, umumta’lim maktablari boshlangʻich sinf 
oʻquvchil ari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovi, umumta’lim 
maktablari oʻquvchil ari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika, professional 
ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?”, oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari”, 
shuningdek, yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini 
shakllantirishga qaratilgan insholar koʻrik tanlovini tashkil qilish, professional ta’lim tizimida 
“Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, aniq rejalar asosida “ochiq 
darslar” va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazilish kabilar asosiy vazifalari sifatida belgilab berildi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling