Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Kompetentlilik – ( lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor). Kompetentlilik
tarkibiga sof kasbiy bilim, koʻnikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, 
guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, 
axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. 
Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – egallangan bilim, koʻnikma va 
malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatini 
shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim boʻlib, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik 
pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz 
faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda 
umummadaniy koʻnikmalarni hosil qiladi. 
Bundan tashqari, ta’limda har bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu 
fanning oʻziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy 
kompetentsiyalar ham shakllantiriladi. Jumladan: 
Huquqiy onga ega boʻlish kompetentsiyasi. Bunda oʻquvchi: 


20 
 
Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi 
huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi
 
huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi; 
 
axloq va huquq qoidalarini biladi; 
 
bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi 
tushunchalarning mazmunini bila oladi. 
 
Jamiyat, davlat va huquqning paydo boʻlishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida 
ma’lumot bera oladi; 
 
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi; 
 
hokimiyat va uning boʻlinish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va 
uning asoslarini tushuntira oladi
 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchil igida 
belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi; 
 
Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunchil igida belgilangan voyaga 
yetmaganlarning huquqlarini biladi; 
 
huquq sohalari haqida ma’lumotga ega boʻladi; 
 
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladitushunadi, tushuntirib bera oladi; 
 
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan toʻgʻri 
baholab, maqbul qaror qabul qila oladi. 
 
huquq manbalarini biladi; 
 
voyaga yetmaganlar bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini 
tushuntira oladi; 
 
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi. 
 
jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va 
belgilarini tushuntira oladi; 
 
xalqaro umume’tirof etilgan konventsiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera 
oladi; 
 
davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi; 
 
tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi; 
 
oʻz kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling