AMALIY MASHG‘ULOTNING BORISHI
1-bosqich. Tinglovchilar odatdagidek o‘z joylariga o‘tiradilar. (Imkon bo‘lsa,
ishtirokchil arni yarim doira shaklida o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar amaliy
mashg‘ulotni olib boruvchi o‘qituvchi guruhga birinchi bor kirayotgangan bo‘lsa o‘zini
tanishtiradi va tinglovchil ar bilan tanishadi). Ma’ruzachi davomatni aniqlaydi hamda
mavzuni yozib, e’lon qiladi. Mavzu va maqsad o‘qib eshittiriladi. (5 minut)
Ishtirokchilarni yangi mavzuga olib kirish uchun quyidagi savollar beriladi. Mavzuga
doir savollar yordamida tinglovchil arning mavzu yuzasidan bilimlari o‘rganiladi.
1 Umumtaʻlim maktablarida davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning maqsad va
vazifalarini aytib bering va fanga oid xususiy kompetensiyalarni sanab o‘ting...
2. Davlat va huquq asoslari taʻlimiga oid sinflar kesimida yaratilgan oʻquv adabiyotlar va
fanga oid yangi nashr qilingan ilmiy-metodik adabiyotlari haqida nima deya olasiz?
2-bosqich: Davlat va huquq asoslari fandan yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya
qilingan oʻquv dasturlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalari hamda ularni amaliyotga joriy
etish bo‘yicha qanday ma’lumotlarga ega ekanliklari so‘raladi.
Ishtirokchilarning orasida Davlat va huquq asoslari fandan yangi tahrirdagi DTS,
modernizatsiya qilingan oʻquv dasturlari, darsliklarni takomillashtirish jarayonida ishtirok
etganlari borligi so‘raladi?
Agarda ishtirok etgan tinglovchi bo‘lsa uning tajribasi, bo‘lmasa optimallashtirish
jarayoni va bosqichlari to‘g‘risida tinglovchil arning ehtiyojlari aniqlanadi.
3-bosqich: Mavzu bo‘yicha kichik ma’ruza qilinadi. Ma’ruza jarayonida ma’ruzachi
quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
1.1. Umumtaʻlim maktablarida davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning maqsad
va vazifalari. Fanga oid xususiy kompetensiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |