Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktik talablar
- Ilmiy-metodik talablar
Oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali oʻqitish
metodikasi, qoʻshimcha sinov topshiriqlari va oʻqituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik koʻrsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik koʻrsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi oʻquv nashri. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qoʻyiladi: Didaktik talablar: oʻquvchi tomonidan oʻquv materiallarining toʻliq oʻzlashtirilishini taʻminlash; matnlar axborot berishga emas, balki oʻquv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi; qiziqarli, loʻnda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan boʻlishi; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi; taʻlimning kundalik hayot va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqligini taʻminlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa oʻquv fanlari bilan uzviy bogʻliqlikni taʻminlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi; rasmlar koʻrinishidagi illyustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan boʻlishi; yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, taʻriflar va shu kabilar lugʻat koʻrinishida ifodalangan boʻlishi lozim. Ilmiy-metodik talablar: fan-texnikaning soʻnggi yutuqlarini oʻzida aks ettirishi; oʻquv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi taʻminlangan boʻlishi; oʻquv fani mavzulari oʻzbek adabiy tili qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi; mantiqiy ketma-ketlikka va izchil likka amal qilinishi; milliy gʻoya va Oʻzbekiston xalqining mentalitetiga zid boʻlmagan tegishli illyustrasiyalar bilan boyitilishi; savol va topshiriqlar aniq ifodalangan boʻlishi; oʻquvchil arni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar oʻtkazishga oʻrgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan boʻlishi; bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yoʻl qoʻyilmasligi; kasb-hunarga yoʻnaltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli lugʻat, texnik ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni oʻstirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan topshiriqlarni qamrab olgan boʻlishi lozim. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling