Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Download 2.84 Mb.
bet104/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar






VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’riflagan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil - muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘na- lishda o‘zgaradi. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlikham deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi.
Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikdaesa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari bilan avvalgi boblarda tanishgansiz.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning tasodifiy kombinatsiyalari, xromosomalar chalkashuvi va genlarning rekom- binatsiyasi asosida kelib chiqadi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizm­lar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi.
Mutatsiyalar foydali, neytral va zararli bo‘ladi. Foydali mutatsiyalar, deyarli kam uchrasa ham ular namoyon bo‘lgan organizmlar tabiiy va sun’iy tanlash jarayonida saqlanib qoladi.
Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘z- garuvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi yoki bir nukleotid o‘rniga boshqasining o‘rnashib qolishi gen mutatsiyasining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning anchagina katta, mikroskopda ko‘rsa bo‘ladigan mutatsiyalardir. Xromosoma mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘zgarmaydi, ammo bir yoki bir nechta xromosomada qayta tuzilishlar kuzatiladi. Genom mutatsiyalar, bir tur organizm- lariga xos xromosomalar to‘plamidagi xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq mutatsiyalardir. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: poliploidiya - xromosoma to‘plami sonining o‘zgarishi, geteroploidiya - to‘plamdagi ayrim gomologik xromosoma sonining o‘zgarishi.
Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida poliploid organizmlar juda kam uchraydi.
Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vu- judga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, or­ganizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi.


Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling