Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet12/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


12-Mavzu: INKOR IFODALOVCHI MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1-topshiriq. Inkor ma’nosining ifodalanishiga diqqat qiling.
1. Yormat butun voqeadan yaxshi xabardor bo‘lishiga qaramay, tabiiy, aytmadi. (Oybek) 2. Dadang seni qidirib ketib, mana, haliyam qaytgani yo‘q. (Erkin A’zam) 3. Hamroyev hech qachon majlisga borgan emas, ammo fursati bo‘lganda, bir tayyorlanib bormoqchi. (Abdulla Qahhor)
2-topshiriq. Inkor ma’nosini ifodalovchi birliklarni aniqlang.
1. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quda bo‘lmoqqa eng muvofiq kishilar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Otabek na Yusufbek hojiga, na O‘zbek oyimga va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan. (Abdulla Qodiriy) 3. Kim bilmaydi buni! Kimga kerak, ayting! (Asqad Muxtor)
Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shimchasini, emas, yo‘q kabi so‘zlarni, shuningdek, na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin. Bu vositalar turli nutqiy uslublarda qo‘llanib, bir qator uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shimchasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni, tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin. Ritorik so‘roq gaplar tarkibida bu qo‘shimcha ko‘proq uchraydi va tasdiqni kuchaytirib ko‘rsatadi.
Masalan: Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?! (A. Oripov) («Hamma payqagan» degan fikr yorqin ifodalangan).Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida -moq, -moqda, -moqchi kabi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi, bu o‘zbek nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar mumkin emas. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham
yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq ifodalanadi Masalan: Dushmanni yengmay qo‘ymaydi («albatta, yengadi» ma’nosida); Hech kim bilmay qolmaydi («albatta, hamma biladi» ma’nosida).Na..., na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi.Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin. Masalan:
Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, – dedi o‘tni tizzasiga bosib. – Topib bo‘ptilar keyin! (Murod Mansur)
ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon. Qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi.Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana
oladi. Lekin juda oz uchraydi. Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sara, sarxil donalab sanalad igan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi. Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan n arsalarga nisbatan qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenk asi sezilib turadi. Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi. Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos. Zupta kam qo‘llanadi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling