Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet17/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.


Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


17-Mavzu: ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. Uning asosiy mazmunini so‘zlab bering va doimo yodda tuting.Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy – ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat yoki
ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida»gi qonunimizning o‘zak moddalari (8–14-moddalar)da ish yuritishning tilga
aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj
sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. («Ish yuritish» kitobi) 2-topshiriq. Matnni o‘qing. Ish qog‘ozlari matniga qo‘yila digan talablar
haqida fikrlashing. Bu talablarni unutmang.Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi..
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.
MMIBDO’_____ __________.
Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling