Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . 13- Mavzu: SINTAKTIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH. GAPDA SO‘Z TARTIBI USLUBIYATI I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish. o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Sintaktik vositalar turli nutqiy uslublarda turlicha uslubiy ma’nolarning ifodalanishiga xizmat qiladi. Sintaktik vositalarning aksariyati muayyan nutqiy uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan.Ma’lumki, o‘zbek tilida gapda so‘zlarning odatdagi tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi. Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya deb ham yuritiladi.Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi mumkin. Masalan: Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. (A. Oripov) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir)Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak kesimning oldiga olib o‘tiladi. Masalan: Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (nodir kitobni o‘qish uchun, boshqa ish uchun emas); Kecha kutubx onaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi (do‘stim bordi, boshqa kishi emas); Do‘stim nodir kitobn i o‘qish uchun kecha kutubx onaga bordi (kutubxonaga, boshqa joyga emas); Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas) kabi. BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro q ilish va yakuniga yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi. Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos. Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi. O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi. Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli. Bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi. O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling