Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . 15- Mavzu: KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHTIRMA GAPLAR USLUBIYATI I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish. o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir yuzaga keladi. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan kasal so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi. Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi. Betob, notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini bildiradi. Notob kam qo‘llanadi. Bemor so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi. Xasta nisbatan eskirgan. Nosog‘ juda kam qo‘llanadi. Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi. 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling