Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu:A. Navoiy “Deyin”, “Jong`a chu dermen” g`azallari tahlili Darsning maqsadi: a)ta`limiy: o`quvchilarga g`azal va uning sharhi haqida ma`lumot berish; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida go`zallikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars tipi : Yangi bilim beruvchi Dars turi: Odatdagi Dars usuli: Induktiv Dars metodi: Savoljavob Dars jihozi : 8sinf Adabiyot darsligi Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism Takrorlash 1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan? 2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan? 3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida qanday rol o`ynadi? 4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday? 5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan? 6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini qo`llaydi? 7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 8. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 9. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 10. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 11. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? “Deyin ”radifli g`azali tahlili Matla`: Qoshi yosinmu deyin ,ko`zi qarosinmu deyin, Ko`ngluma har birining dardu balosinmu deyin?! Begona bayt: Charxi ranjinmu deyin,dahr shikanjinmu deyin, Jonima har birining javru jafosinmu deyin?! Maqta`: Ey Navoiy,dema qoshu ko`zining vasfini et, Qoshi yosinmu deyin , ko`zi qarosinmu deyin?! Hajm : 7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi : aa ba da ea fa ga ha Radif : deyin Qofiyadosh so`zlar : qarosinmu, balosinmu, safosinmu,davosinmu, adosinmu, qabosinmu,jafosinmu,qarosinmu. Ichki qofiya ham mavjud She`rda rad ul matla` san`ati yana matla`ni takrorlash san`ati qo`llangan. “Jong`a chun dermen” matla`li g`azali tahlili Matla` Jong`a chun dermen : “Ne erdi o`lmakim kayfiyati” Derki : “Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati” Begona bayt: Yig`lab aytur ko`zki: “Yo`q manga ham ixtiyor, Ki ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati” Maqta`: Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi ,o`lguncha kuy, Kim sanga ishq o`ti –o`q ermish azal qismati Hajm : 7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi: aa ba da ea fa ga ha Qofiyadosh so`zlar: kayfiyati ,shiddati, hirqati ,ofati,tuhmati, vahshati,tal`ati,qismati G`azalda jon,jism,bag`ir,ko`ngul,ko`z so`roqqa tutiladi. G`azallarnini ifodali o`qish Mushoira daqiqasi 15 daqiqa Uyga vazifa : G`azalni yodlash Sana: Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu:“Yo’q”, “Bo’ldum sanga” radifli g`azallari tahlili Darsning maqsadi: a) ta`limiyAlisher Navoiyning “Yo’q”,”Bo’ldum sanga”radifli g’azallarini ifodali o’qish va g’oyaviy – badiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan go’zal insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning g’azal tahlil qilish malakasini takomilashtirish va fikrlash salohiyatini oshirish. Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahs; Dars jihozi :darslik,g’azallar tahlili,Navoiy siymosi va g’azallar sharhi (badiiy kitob) Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savoljavob; II.Navoiy g’azallaridan yod so’rash va g’azallar sharhi. Dar sning mohiyatini anglash bosqichida: I.”Yo’q”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azal sharhi: Yor din ayr u ko’ngulmulkedurur,sultoni yo’q, Mulkkim,sultoni yo’q,jismedurkim,joni yo’q… G’azal ramali musammani mahzuf(yoki maqsur)foilotunfoilotunfoilotunfoilun(foilon)—v/v/v /v ruknida yozilgan.G’azalishqiy mavzuda bitilgan bo’lib,birinchi bautda shoir yordan ayru ko’ngulni sultoni yo’q mamalakatga,sultoni yo’q mamalakatni esa joni yoq jismga o’xshatadi…Bu g’azalda ishq dardining ortida ilohiy ishq nazarda tutilgan… II.Savoltopshiriqlarustidaishlash. Dar sning mustahkamlash bosqichida: I.”Bo’ldum sanga ”rdifli g’azalini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish: Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga, Ne balolig’ kun edikim,oshno bo’ldum sanga… G’azal an’anaviy yeti baytdan iborat.ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.bitinchi baytda ko’ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi ta’kidlangan…Bunda misrama misra oshiq dardi orta boradi. Ma’shuqa esa unga jabru sitam yetkazadi.. G’azalda ishq mavzusi turli badiiy san’atlar,tasvrlar,jozibador so’zlar,qiyoslashlar bilan qalamga olingan: Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading, Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga.. Bumisralarda Navoiy tazod san’atidan unumli foydalanib,Yor va Ma’shuqaga oid fazilatlarni ochishga yana bir bor mohirona yondashgan… II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Darslikdan tashqari badiiy asarlardan Navoiy g’azallarini o’qib,g’oyaviybadiiy tahlil qilish. IV.Testsinovi: 1.”Yoq ”radifli g’azali qanday vaznda yozilgan? A.Ramali musammani mahzuf B.Ramali musaddasi maqsur C.Mujtassi musammani maxbun D.hazaji musaddasi mahzuf 2.Ajratilgan so’zlarni izohlang: Yordin ayru ko’ngulmulkedurur ,sultoni yo’q, Mulkkim,sultoni yo’q,jismedururkim,joni yo’q. A.Qofiya B.Radif C.Turoq D.Misra 3.Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading, Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga Qanday san’atqo’llanilgan? A.Talmeh B.Tazod C.Tanosub D.Irsoli masal 4.Jomi Jam birla Hizr suyi nasibimdir mudom, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.Qanday san’at qo’llanilgan? A.Tazod B.Irsoli masal C.Tardi aks D.Talmeh 5.O’zaro o’zakdosh so’zlardan foydalanish san’ati Sharq adabiyotida qanday ataladi? A.Ishtiqoq B.Tardi aks C.Tajnis D.Talmeh Javoblar:1.A 2.A 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa:gazallardan birini yod olish,g’azallarni g’oyaviybadiiy tahlil qilish; Oquvchilarbiliminibaholash. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling