Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: 3nazorat ishi .Insho “Menga yoqqan g’azal” Darsning maqsadi: a)ta`limiy o’tilgan mavzular asosidao`quvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:nazorat; Nazorat turi:Insho Dars uslubi:suhbat,reja tuzish,insho yozish; Darsning jihozi:darslik,nazorat ishi daftarlari. Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)o’quvchilarning nazorat ishi daftarlarini tarqatish; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. Dar sning mohiyatini anglash bosqichida: I.Nazorat ishi mavzusi asosida suhbat,qisqa fikrlarni yig’ish; I1.Mavzuga oid reja tuzish Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Mavzuga oid tuzilgan rejalar asosida insho yozish: 1. Nodirao`zbek mumtoz adabiyotining malikasi. 2. “Eshit”radifli g`azali –men yoqtirgan g`azal. 3.G`azalda sharq ayollariga xos tuyg`ularning ifodalanishi. 4.G`azalda qo`llangan badiiy san`atlar. 5.Asrlarni maftun etgan Nodira mangu barhayot. Nodira –o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri sanaladi.U adabiyotimizda vafo,sadoqat,sabrqanoat …timsoli.Uning ijodidagi ohanglar Zulfiya ijodidagi ohanglar bilan hamohang.Chunki bu ikki buyuk shoiraning hayot yo’li,qalb kechinmalari,muhabbat iztiroblari bir biriga juda yaqindir. Doda keldim,ey salotin,sarvari dodim eshit, Sen shahu,men benavo ,lutf ayla.faryodim eshit… Bu g’azalda shoiraning boshqa g’azallari kabi firoq azoblari,muhabbat iztiroblari badiiy,ta’sirli ifodasini topgan… G’azalda sharq ayollariga xos vafo,sadoqat,bardosh… kabi tuyg’ular tarannum etiladi.Shoiraning butun ijodi mana shu go’zal tuyg’ular ila sayqal topgan.Shuning uchun ham Nodira o’zbek ayolining yorqin timsoli sifatida tilga olinadi. Shoira qalb iztoroblari,muhabbat kechinmalarini soda tilde,tirli badiiy san;atlar asoida go’zal ifoda etadi.O’quvchi bu g’azallarni o’qiganda shu olam girdobida g’arq bo’ladi go’yo… Nodirabegim asrlar o’tsada,mangu ,barhayot yashaydi.Chunki uning ijodidagi har bir misra mangu va barhayot mavzular ila yo’g’rilgan… II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish. Uyga vazifa:O’tilganlarni takrorlash. Sana: Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Dar sning mavzusi:Nazorar ishi tahlili Dar sning maqasadi:a}ta’limiyo’quvchilar yozgan nazorat ishlarini tahlil qilish,nazorat ishidan olgan baholarini izohlash,xatolar ustida ishlash; b)tarbiyaviyo’quvchilar qalbida mehrmuhabbat va insoniylik tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning yozma savodxonligi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish. Dar sning tur i:mustahkamlash; Dar sning uslubi:tahlil,she’riy daqiqa,ijodiy ish. Dar sning jihozi:nazorat ishi daftarlari, she’rlar va hikmatlar. Dar sning bor ishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlr nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. Darsningmohiyatinianglashbosqichida: I.O’quvchilarning nazorat ishi daftarlarini tarqatish va 3nazorat ishidan olgan baholarini izohlash; II.Xatolar ustida ishlash: a)imlo xatolari ustida ishlash; b)ishoraviy xatolar ustida ishlash; d)uslubiy xatolar ustida ishlash. Datsning mustahkamlash bosqichida: I.Nazm gulshani.darslikdan tashqari yod olingan she’rlar aosida; II.Ijodiy ish:Bir misrada ming ma’no(Bir she’r asosida fikrlarni erkin bayon etish) Onajon!bu galgi yur ak so’zimni. Senga bag’ishladim,senga onajon. Yo’q,yo’q so’zim emas,balki o’zimni Senga bag’ishladim ,ey ulug’ inson! Ha,inson budunyoga kelibdimi,avvalo,otaonasi oldidagi burchini ado etishini istaydi,chunki bu bizning birinchi farzandlik burchimizdir.Shoir,ey farzand,sen,nafaqat,yurak so’zlaringni,balki o’zingni ,butun umringni baxsh etsang ham,ular oldidagi burchingni ado tolmaysan,demoqchi shoir. O’zbek she’riyatida har bir misra ming ma’noga teng.Uladagi so’zlar marjon kabi tizilgan.Bu so’zlar qalblarga alanga yoqadi,insonni fikrlashga,o’ylashga da’vat etadi.Zero,so’z ham tarbiya,ham ma’naviyat asosidir… II.Ijodiy ishlar tahlili. III.She’riy kitoblardan she’riy parchalar o’qish va she’rlardagi badiiy tasvir vositalarini topish,tahlil qilish; …Eshilib,to’lgnib ingranadi kuy, Qaylardan kelmoqda bu ohu,fartod. Kim u uig’layotgan Navioymikan, Va yomay kuychisi Hayyommikin dod… Bu misralarda Abdulla Oripov jonlantirish san’atidan foydalangan,kuydagi mahzun ohanglarni insonning ingranishiga qiyos etadi….. Uyga vazifa:Otilganlarni takrorlash. Oquvchilar bilimini baholash. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling