Sana: (1 soat)


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana20.10.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1711725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi

Sana:
Sinf: 8 B-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. “Mirrix yulduziga” she`ri.
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: Fitrat hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Mirrix yulduziga ”she’rini ifodali o’qish va
she’rni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;


b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida erkni qadrlash tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillshtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil;
Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,asarlari,darslik.
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Nodira hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.Nazm gulshani:Navoiy va Nodira she’rlari asosida.
Darsnng mohiyatini anglash bosqichida:
I.O`zbek milliy uyg`onish davrining jarchisi va asoschilaridan biri ,o`zbek milliy prozasi , maorifi
,tilshunosligi,adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari o`nlab sohalarning oyoqqa turishiga va
rivojiga ulkan hissa qo`shgan adib Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat 1886­yil Buxoroda ziyoli
oilasida tug`ilgan.Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o`ziga to`q ,o`qimishli , dunyo ko`rgan
kishilaridan edi.Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik b­n kechgan.Kasbi taqozosi b­n
Turkiya,Eron,Qashqarga tez­tez borib kelib turgan.Bo`lg`usi ijodkor avval shahardagi ko`plab eski
maktablardan birida ,keyin mashhur Mir Arab madrasasida o`qiydi.18 yoshlarga yetganda bir muddat
otasiga yordam beradi, u b­n birga haj ibodatiga ham boradi. 1904­1907­yillar oralig`ida ro`y bergan
shu safar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya,Eron, Hindiston,Arabiston,Rusiya singari
mamlakatlarini o`zi u­n kashf qildi.1909­yilda Abdurauf o`zining bir necha hamshaharlari b­n
Istambulga o`qishga ketadi.1913­yil oxirigacha Istanbuldagi “dorulmuallimin”­muallimlar
gimnaziyasida o`qiydi.1909­yilda Fitrat dastlabki yirik asari­“Munozara”ni e`lon qildi.Asarning to`liq
nomi “Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg`an
munozarasi”b/b u fors tilida yozilgan.
Turli yillarda Fitrat o`nlab asarlarni yozib e`lon qildi:
“Rahbari najot”, “Oila”, “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo Muslim” va h .
Fitrat yangi maktablar uchun “Muxtasar islom tarixi”, “O`qu” kabi kitoblarni yozdi.
Fitrat 30­yillar qatag`onida asossiz “turkparast”, “millatchi”, “islomparast”, “G`arbning josusi” degan
tuhmatlar b­n ayblanib ,bir qator noqonuniy o`tkazilgan tergovdan so`ng 1938­yilning 4­oktabrida
“xalq dushmani” sifatida aybanib otib o`ldirildi.
Fitratning dramatik asarlari:
1.“O`g`uzxon”
2.“Chin sevish”
3.“Abulfayzxon”
4.“Shaytonning tangriga isyoni”
5.“Arslon”
Fitratning ilmiy asarlari:
1.“Bedil”ilmiy ommabop ocherk
2.“O`zbek tili tajribalari to`g`risida bir tajriba:
Sarf (1­kitob),Nahv (2­kitob)”
3.“Sarfi zaboni tojik”
4.“Adabiyot qoidalari”
5.“Eng eski turkiy adabiyot namunalari”
6.“O`zbek adabiyoti namunalari”
7.“Sharq shaxmati”
8.“O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi ”
9.“Fors shoiri Umar Xayyom”


10.“Aruz haqida”
II.Fitrat haqidagi darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.“Mirrix yulduziga ” she`rini o`qib ,tahlil qilish:
Go’zal yulduz,yerimizning eng qadrli tuqg’ani,
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg’a tushibsan,
Tuvg’aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
So’yla,yulduz ,holing nadir?Nechuk topding dunyoni?..
“Mirrix yulduziga” she`ri 1920­yilda yozilgan b/b, she`rdagi lirik qahramon shoirning o`zi.
Mirrix­Mars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil hisobida Hamal­Mart oyining homiy sayyorasi
sanaladi.Bu oyning unsure­xos belgisi­olovdir.
Futratning aynan Mars­Mirrix yulduziga murojaat qilishining yana bir ilmiy­mantiqiy sababi bor.Mars­
Mirrix yulduzi , boshqa bir mifologik qarashlarga ko`ra , jang­u jadal ramzi, yunonlarda urush xudosi
hisoblanadi.Fitrat “Mirrix yulduziga ” she`rida o`zimizdan chiqqan sotqinlar yurtfurushlarni dalil fosh
qiladi.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi.
1.Shoirning ilk chop etilgan asari.
A.”Sayha”
B.”Munozara”
C.”Hind sayyohi qissasi”
D.”Oila”
2.Forsiy tildagi she’rlar to’plami
A.”Sayha”
B.”Begijon”
C.”mavludi sharif” D.”Munozara”
3.Fitratning “Og’uzxon”,”Chin sevish”,”Abulfayzxon”,”Shaytonning tangriga isyoni”,”Arslon ”kabi
asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Nasriy asarlar to’plami
B.Drama
C.O’quv qo’llanma
D.She’riy to’plam
4.”Mirrix yulduzi” deganda qaysi sayyora nazarda tutilgan?
A.Yupiter
B.Yer
C.Saturn
D.Mars
5.”Mirrix yulduzi” she’rining asosiy g’oyasi
A.Mars sayyorasining ko’rinishi
B.Xo’rlangan xalq va erkinlik
C.Ma’rifat va ma’naviyatni targ’ib qilish
D.Erkinlik va ozodlik uchun kurashish
Javoblar:1.B
2. A
3. B
4.D
5.B
Uyga vazifa:Shoir hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va “Mirrix yilduzi”ga she’rini
yod olish
Oquvchilar bilimini baholash

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling