Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: Fitrat. “O`git”, “Go`zalim, bevafo gulistonim” she`rlari Darsning maqsadi: a)ta`limiy:Fitrat she`rlarining badiiy qimmati haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat,Vatanga xizmat,mehrmuhabbat,vafo,sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish; Dars turi:noan’anaviy; Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,she’rlar tahlili; Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,tarqatmalar,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,darslik; Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.”Mirrix yulduziga”she’rini yod ifodali aytish,she’r g’oyasi,badiiyati yuzasidan savoljavob; Savollar 1.Fitrat qachon qayerda tug`ilgan? 2.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering 3.Fitratning oilasi haqida gapiring. 4.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi? 5.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering 6.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering 7.Fitratning yangi maktablar un yozgan asarlari qaysi? 8.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga bag`ishlab yozgan asarlarini ayting 9.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining bosh mavzusi nima haqida? Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Abdurauf Fitratning “ O`gut” she’rini ofodali o’qish va she’rni tahlil qilish: O’gut Og`ir yigit,sening go`zal mungli ko`zingda Bu millatning saodatin , baxtin o`qidim. O`ylashingda , turishingda hamda o`zingda Bu yurt uchun qutulishning borlig`in ko`rdim Turma –yugur, tinmatirish,bukilmayuksal, Hurkmakirish,qo`rqmayopish,yorilmaqozg`al! Yel yo`lini tusib turgan eski bulutlarni Yondirib qo`y,yirtib tashla, barchasin yo`q et. Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo`rlikdir bu… Yiqil, yo`qol ,ket! “O`gut” she`ri “Mirrix yulduziga” she`rining mantiqiy davomi sanaladi.Shoir “O`gut”da o`zi va millati dardlariga najotni topganday bo`ladi.Bu –najot xalqning og`irvazmin, mulohazakor, biroq yoniq ko`zlari yoniq farzandlariyigitlaridir! “O`gut” she`rining sarlavhasi zamirida “pand”, “nasihat”, “maslahat”, ma`nolari emas, balki ko`proq “chaqiruv”, “da`vat”, “uyg`otish” ma`nolari yotibdi. II.She’r tahlili yuzasidan darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish. Darsning mustahkamlash bosqichida: I. “Go`zalim, bevafo gulistonim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Go`zalim,bevafo gulistonim, Bog`i umrimda toza rayhonim, G`amu qayg`ularim hujumindan Sen eding mehribon,nigahbonim. Meni behuda tashladingketding, Nega o`ldirmadingda tark etding. “Go`zalim, bevafo gulistonim” she`ri Fitratning eng go`zal lirik she`rlaridan biri.Shoirning bu she`ri do`sti Cho`lponning ishqiy mavzudagi she`rlariga hamohangdir.She`r barmoq vaznida yozilgan.She`r lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko`ngil quvonchi ,dildorlik ramzi emas.Uning ruhiyatini tinimsiz qaqshatadigan g`amu qayg`ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi mehribon ham u.She`rda tasvirlangan oshiq iztiroblari ,ruhiy holatlari go`zal tashbihlar bilan ifoda etilgan. II.Sher yuzasidan darslikda berilgan matn ustida ishlash. III.Test sinovi. 1.”O’gut ”she’rining zamirida qanday ma’no ustunlik qiladi? A.Pand,nasihat B.Maslahat,burchni anglash C.Chaqiruv,da’vat, uyg’otish D.Murojaat,da’vat 2.”Yigit omon bo’lsa,xavfu xatar yo’q…” “O’gut ”misralariga ohangdosh bu misralar muallifi kim? A.G’afur G’ulom B.Abdulla Oripov C.Abdulla Qodiriy D.Cho’lpon 3.”Go’zalim,bevafo gulistonim”she’ri nima haqda A.Chin muhabbat qissasi B.Shoirning iztirobli sevgi tarixi C.Vafodor yor sadoqati D.Go’zal yor tasviri 4.”Go’zalim,bevfo gulistonim Bog’i umrimda toza rayhonim”,misralarida qanday san’at qo’llanilgan? A.Jonlantirish B.Qarshilantirish C.Tashbih D.Tazod 5.Fitrat Millatni uyg’otish va ongini yuksaltirishning muhim yo’nalishi deb biladi? A.Matbuot,adabiyot va san’at B.Ma’rifat va m’naviyat C.Tarix va kelajak D.O’zlikni anglash Javoblar:1.C 2. A 3. B 4. C 5.A Uygavazifa:She’rlardan birini yod olish. O’quvchilar bilimini baholash. Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling