Sana 20 yil. Ko’rdim matibdo’ Mavzu: To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik


Download 301.34 Kb.
bet7/10
Sana27.01.2023
Hajmi301.34 Kb.
#1129808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
to\'garak konspekt kerakli 34

Nuqtaviy q zaryadning r masofada hosil qilgan maydon kuchlanganligini topish.


Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

r, q, q0
k=9*109N*m2/C2
Topish kerak: E-?

E=F/q0


F=k*q1*q2/r2

F=k*q1*q2/r2
E= k*q1*q2/r2/q0=k*q/r2
Javob: E= k*q/r2.

Mavzuni mustahkamlash.
1.Elektr zaryadining birligi-……. .
2.Elektr maydonini ………… aniqlagan.
3.Musbat zaryadlarning kuch chiziqlari zaryad……… , manfiy zaryadlarniki esa zaryad………. bo`ladi.
4.Elektr maydon kuchlanganligi …………. bilan ifodalanadi.
5.Elektr maydon kuchlanganlik birligi-…………… .


Berilgan:

As. formula:

Hisoblash:

r=3 sm=0,03 m=3*10-2 m.
q=-5*10-8 C
k=9*109N*m2/C2
Topish kerak: E-?



E= k*q/r2

E=9*109N*m2/C2*(-5*10-8 C) / (3*10-2 m)2= 5*105 N/C


Javob: E=5*105 N/C

Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Kondensator
1.Kondensatorning turlari;
2.Yassi kondensatorning elektr sig`imi;
3.Kondensatorlarni ketma ket va parallel ulash;


Kondensator - qarama qarshi ishorada teng zaryadlangan ikki o`tkazgichdan iborat qurilma. Eng oddiy kondensator bu- bir biridan havo qatlami bilan ajratilgan ikkita yassi plastinadan iborat qurilmadir.Plastinalardan biriga musbat,ikkinchisiga esa manfiy zaryad berib zaryadlanadi.Plastinalardan birini yerga ulab,ikkinchisiga musbat ishorada zaryadlangan tayoqchani tekkizish orqali ham zaryadlash mumkin.
Elektr sig`imi-kondensatorlarning zaryadlarni to`play olish qobiliyatini ko`rsatuvchi kattali bo`lib, u “C”(inglizcha capacitance-sig`im so`zining bosh harfidan olingan) harfi bilan belgilanadi.Quyidagi formula bilan hisoblanadi:
C=ε*S/4πkd
bu yerda: ε-o`tkazgichlar orasiga(plastinalar orasiga)kiritilgan dielektrik koeffitsiyenti;
ε0-elektr doimiysi bo`lib,uning qiymati ε0=1/4πķ=8,85*10-12C2/N*M2 ga teng;
S-o`tkazgichlar(plastinalar)ning yuzasi; d-o`tkazgich(plastinalar)ning orasidagi masofa.
C=εε0S/d
Elektr sig`imining o`lchov birligi ingliz fizigi M.Faradey sharafiga Farad(F) deb qabul qilingan.Kundalik turmushda unga karrali birliklar: 1μkF=10-6F, 1nkF=10-9F, 1pkF=10-12F lardan foydalaniladi.
Zanjirda zaruratga qarab bir nechta kondensatorlar ulanishi mumkin.
Ketma-ket ulash kondensatorlardan birining musbat qoplamasini ikkinchisining manfiy qoplamasiga tartibidagi ulashga aytiladi.Bunda umumiy sig`im kamayadi (o`tkazgichlarning umumiy uzunligining ortishi hisobiga):
1/C=1/C1+1/C2 yoki C=C1*C2/C1+C2
Parallel ulash-kondensatorlarning manfiy va musbat qoplamalari keyingisining xuddi shunday qoplamalariga ulash tartibidagi ulanishga aytiladi.Bunda umumiy sig`im ortadi(o`tkazgichlar(plastinalar)ning umumiy yuzasining ortishi hisobiga):
C=C1+C2


Masala yechish namunasi

Berilgan:

As. formula:

Hisoblash:

S1= S1=1dm2=10-2 m2
d=1 sm=10-2 m; ε=1
ε0=8,85*10-12 C2/N*m2
Topish kerak: C-?



C=εε0S/d

C=8,85*10-12C2/N*m2*10-2/10-2 F=8,85 pF.


Javob: C=8,85 pF



Masala yechish namunasi

Berilgan:

As. formula:

Hisoblash:

C=50 pF
n=5
Topish kerak: Ck/k-? Cpar-?

Ck/k=C/n Cpar=nC

Ck/k=50 pF/5=10 pF;
Cpar=5*50 pF=250 pF.
Javob: Ck/k=10 pF; Cpar=250 pF



1.Yassi kondensator sig`imi formulasi C=εε0S/d dan S va d ni topish ifodalarini keltiring.
2.Kondensatorlarni ketma-ket ulash formulasi qanday ifodalanadi?
3.Kondensatorlarni parallel ulash formulasi qanday ifodalanadi?
4.100 mkF necha Faradga teng?
Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim O’TIBDO’ ______________

Sinf ____________________


Mavzu: Tok kuchi


1. Elektr toki haqida tushuncha.
2. Tok kuchining formulasi,ta`rifi.
3. Tok kuchining birligi.


Mantiqiy mushohada qilib, lampochkadan chiquvchi yorug`lik ravshanligi, albatta, lampochkaning cho`g`lanuvchi tolasida birlik vaqt ichida o`tuvchi zaryadli zarralar soniga bog`liq ekanligini anglab yetish mumkin. Bundan tok kuchini quyidagicha ta`riflaymiz:
Tok kuchi- vaqt birligi ichida o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasidan oqib o`tgan zaryad miqdoriga son qiymat jihatidan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.



Tok kuchining birligi sifatida Fransuz fizigi Andre Mari Amper (1775-1836) sharafiga
1 A=1 C / 1s
I=
Ampermetr-tok kuchini o`lchash asbobi.
Tok kuchi birligining ulush va karrali birliklari:
-1 milliamper(mA)=0,001 A.
-1 mikroamper(mkA)=0,000 001 A.
Tok manbai qisqichlaridagi yoki elektr zanjirining ma`lum qismidagi tok kuchini o`lchaydigan asbobga ampermetr deyiladi. Ampermetr-tok kuchini o`lchash asbobi.
Ampermetrni boshqa o`lchov asboblaridan farqlash uchun unga -- -- belgisi qo`yiladi.
Ampermetrni zanjiriga ulaganda ”+” belgi qo`yilgan klemmasini manbaning musbat qutbiga yoki zanjirdagi iste`molchining musbat qutbiga ulanadigan joyiga ulanadi. ”--”belgi qo`yilgan klemmasini manbaning manfiy qutbiiga yoki iste`molchining mos nuqtasiga ulanadi.Bunday ulanishni, parallel ulash deb atalganligi sababli,voltmetr zanjirga parallel ulanadi. Ampermetrning elektr lampasiga ketma-ket ulangan chizmasi quyida keltirilgan.


Metallarda erkin elektronlar qanday paydo bo`ladi?
Tok kuchi kattaligi haqida ma`lumot bering.
Elektr kuchlanish haqida ma`lumotlar bering va hokazo.
Masala yechish.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

I=0,1 A; t=8min.=480 s.
qe=1,6*10-19 C
Topish kerak: N-?

I=q/t
ga asosan
q=It; N=It/qe

N=0,1*480/1,6* *10-19=3*1020 ta


Javob: N=3*1020ta

Darslikdan 6-mashq.4-masala.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

t=25 soat=9*104s;
I=2 A
Topish kerak: q-?

I=q/t
ga asosan q=It



q=2*9*104C=1,8*105C


Javob: q=1,8*105C



Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish


Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Kuchlanish va uning birligi


1. Elektr kuchlanish haqida tushuncha.
2. Elektr kuchlanishning formulasi,ta`rifi.
3. Elektr kuchlanishning birligi.


Bizga ma`lumki,dazmolni elektr zanjiriga ulansa,undan issiqlik ajralib chiqadi.Elektr lampochkasidan tok o`tganda undan yorug`lik chiqadi.Elektr tokining bunday iste`molchilarida elektr energiyasi,issiqlik va yorug`lik energiyalariga aylanadi. Elektr poyezdlarida,tramvay,trolleybuslarda elektr energiyasi hisobiga mexanik ish bajariladi.
Ishning bajarilishi jarayonida manbaning elektr maydoni ta`sirida iste`molchida ma`lum miqdorda zaryad oqib o`tadi.Bajarilgan ish(A) va oqib o`tgan zaryad miqdori (q) ni bog`laydigan kattalik kiritaylik:
A=Uq
Bunday elektr kuchlanishi quyidagicha ta`riflanadi:
Elektr kuchlanish- elektr maydon ta`sirida zanjir bo`ylab birlik musbat zaryadni ko`chirishda bajarilgan ishga son qiymat jihatidan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
U=A/q
Elektr kuchlanishi birligi sifatida Alessandro Volta sharafiga volt (V) qabul qilingan : 1V=1J/1C
Voltmetr: elektr kuchlanishni o`lchash asbobi.
Elektr kuchlanish birligining ulush va karrali birliklari:
-1 millivolt(mV)=0,001 V.
-1 kilovolt(kV)=1000 V.
-1 megavolt(MV)=1 000 000 V.
Kundalik turmushda turli kuchlanishga ega bo`lgan bo`lgan tok manbalari bilan ish ko`rishga tog`ri keladi.Xonadonlarda ishlatiladigan sanoat elektr tokining kuchlanishi 220 V bo`lsa,elektr soatlariga qo`yiladigan bitta element kuchlanishi 1,5 V ga teng.
Elektr energiyasi bilan ishlaydigan har bir qurilmaga uning necha voltli kuchlanish manbaiga ulanishi yozib qo`yilgan bo`ladi. Ularni ishlatishda, albatta,yozuvida ko`rsatilgan kuchlanish manbaiga ulash zarur.
Tok manbai qisqichlaridagi yoki elektr zanjirining ma`lum qismidagi kuchlanishni o`lchaydigan asbobga voltmetr deyiladi. Voltmetr-elektr kuchlanishni o`lchash asbobi.
Voltmetrni boshqa o`lchov asboblaridan farqlash uchun unga -- -- belgisi qo`yiladi.
Voltmetrni zanjiriga ulaganda ”+” belgi qo`yilgan klemmasini manbaning musbat qutbiga yoki zanjirdagi iste`molchining musbat qutbiga ulanadigan joyiga ulanadi. ”--”belgi qo`yilgan klemmasini manbaning manfiy qutbiiga yoki iste`molchining mos nuqtasiga ulanadi.Bunday ulanishni, parallel ulash deb atalganligi sababli,voltmetr zanjirga parallel ulanadi.
Masala yechish.
1-masala.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

U=3V
q=100 C
Topish kerak: A-?

U=A/q
ga asosan
A=qU

A=100 C**3 V=300 J


Javob: A=300 J



2-masala.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

U=3 V; A=24 J
qe=1,6*10-19 C
Topish kerak: N-?

U=A/q
ga asosan q=A/U
N=q/qe=A/Uqe

N=24/3*1,6*10-19=5*1019ta.


Javob: N=5*1019 ta

Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Elektr qarshilik


1. Elektr qarshilik haqida tushuncha.
2. Elektr qarshilikning formulasi,ta`rifi.
3. Elektr qarshilikning birligi.
.
Mantiqiy mushohada qilib ko`raylik.Lampochka yonib turganda nima uchun qizishiga, nima uchun ko`p ishlab turgan elektr asboblar qizib ketadi, nima uchun elektr dazmol qiziydi va shunga o`xshash holatlarni eslaylik.Umuman olganda elektr toki ta`sirida o`tkazgichlar yoki elektr asboblarning qizishi,issiqlik chiqarishi nimaning hisobiga hosil bo`ladi?
O`tkazgichlarning bunday qizishining asosiy sababi ularning ichki tuzilishi bilan bog`liq.Yana boshqacha so`z bilan aytganda,o`tkazgichlardagi elektr toki oqishiga to`sqinlik qiluvchi omillar ularning qizishiga asosiy sababdir.Ushbu sabab esa - elektr qarshilikdir. Bundan elektr qarshiliginini quyidagicha ta`riflaymiz:
Elektr qarshilik- o`tkazgich bo`ylab elektr toki oqib o`tishiga monelik qiluvchi omillar(bularga o`tkazgichdagi manfiy va musbat ionlar kabi zarralar zaryadli zarralar oqimi-elektr tokiga to`sqinlik qiladi).
R=ρl/S
Elektr qarshilikning birligi sifatida nemis fizigi Georg Simon Om(1787-1854) sharafiga 1 Om
(1 Ώ) qabul qilingan. 1 Ώ=1 V / 1A
Om metr-elektr qarshiligini o`lchash asbobi.
Elektr qarshiligi birligining ulush va karrali birliklari:
1 milliaom(mΏ)=0,001 Ώ.
1 kiloom(kΏ)= 1 000 Ώ.
1 Megaom(MΏ)=1000 000 Ώ
Tok manbai qisqichlaridagi yoki elektr zanjirining ma`lum qismidagi elektr qarshiligini o`lchaydigan asbobga ommetr deyiladi. Ommetr-elektr qarshiligini o`lchash asbobi.
Ommetrni boshqa o`lchov asboblaridan farqlash uchun unga Ώ belgisi qo`yiladi.
Masala



Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

S=0,5 mm2
R=2Ώ.
ρ=0,4*10-6 Ώ*m
l-?

R=ρl/S
ga asosan
l=RS/ρ



l=(2Ώ*0,5/0,4) m=2,5 m.
Javob: l=2,5ta

Darslikdan 7-mashq. 6-masala.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

l=2 m;
R=4,4 Ώ;
ρ=1,1*10-6 Ώ*m
S-?

R=ρl/S
ga asosan
S=ρl/R

S=( ρ=1,1*10-6 Ώ*m *2/4,4)Ώ=0,5*10-6m2=0,5 m2
Javob: S=0,5 m2



Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim O’TIBDO’ ______________

Mavzu: Zanjirning bir qismi uchun om qonuni


1.Tok kuchining kuchlanishga bog`liqligi.


2. Tok kuchining elektr qarshilikka bog`liqligi.


3. Om qonunining formulasini keltirib chiqarish


O`tkazgichdagi tok kuchi shu o`tkazgichning uchlari orasidagi kuchlanishga to`g`ri proporsional, ya`ni: I~U.


O`tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish o`zgarmas bo`lganda tok kuchi o`tkazgich qarshiligiga teskari proporsional, ya`ni: I~1/R.


Om qonuni. O`tkazgichdagi tok kuchi uning uchlari orasidagi kuchlanishga to`g`ri proporsional, o`tkazgichning qarshiligiga esa teskari proporsionaldir.Ya`ni:


I=U/R yoki R=U/I
(1827 yil.Nemis olimi Georg Simon Om).


Elektr qarshilik birligining ta`rifi. 1Ώ(Om) deb shunday o`tkazgichning qarshiligi qabul qilinganki, uning uchlaridagi kuchlanish 1V bo`lganda undan 1A tok kuchi o`tadi.Ya`ni:1Ώ=1V/1A.
1-Masala yechish.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

U=4,5 V
I=0,3 A
R-?



I=U/R dan R=U/I.

R=4,5V/0,3A=15Ώ.


Javob: R=15 Ώ



2-Masala

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

R=110Ώ
I=2A
U-?



I=U/R dan U=IR

U=2A*110 Ώ =220 V.


Javob: U=220 V



3- masalani yechish

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

S=0,5 mm2; l=100 m
U=7 V.
ρ=0,028 Ώ*mm2/m
-------------------------
I-?

I=U/R
R=ρl/S
lar ga asosan
I=US/ρl

l=(7*0,5/0,028*100)A=1,25A.


Javob: l=1,25A


Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish


Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________

Mavzu: Ketma-ket va parallel ulash.


Iste`molchilarni ketma-ket ulash deb, o`tkazgichlarning birinchisining oxiriga ikkinchisining boshi,ikkinchisining oxiriga uchinchisining boshi tartibidagi ulanishga aytiladi.


Iste`molchilarni ketma-ket ulanganda, har bir iste`molchidan o`tayotgan tok kuchlari bir xil bo`ladi:
I1=I2=I3=……=In


Iste`molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to`liq kuchlanish har bir iste`molchidagi kuchlanishlarning yig`indisiga teng bo`ladi: U=U1+U2+U3+……+Un


Iste`molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to`liq qarshilik har bir iste`molchidagi qarshiliklarning yig`indisiga teng bo`ladi: R=R1+R2+R3+……+Rn
Iste`molchilarni parallel ulash deb, o`tkazgichlarning birinchisining boshi va oxiriga ikkinchisining boshi va oxirini ulash tartibidagi ulanishga aytiladi.


Iste`molchilarni parallel ulanganda, har bir o`tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo`ladi:
U1=U2=U3=……=Un


Iste`molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi to`liq tok kuchi har bir tarmoqdagi tok kuchlarining yig`indisiga teng bo`ladi: I=I1+I2+I3+……+In


Iste`molchilar parallel ulanganda, zanjir to`liq arshiligiga teskari miqdor har bir iste`molchi qarshiligiga teskari miqdorlarning yig`indisiga teng bo`ladi:


1/R=1/R1+1/R2+1/R3+……+1/Rn yoki R=R1R2/R1+R2



Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

R1=110 Ώ
n=4
R-?



R=R1/4

R=(110/4)Ώ=27,5 Ώ.


Javob: R=27,5 Ώ.



2-Masalani yechilishi.

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

U=8 V
R1=40 Ώ
R1=80 Ώ
I1-? I2-? I-?

I1=U/R
I2=U/R
I=I1+I2.



I1=(8/40)A=0,2A; I2=(8/80)A=0,1A;
I=0,2+0,1=0,3A.
Javob: I1=0,2A; I2=0,1A; I=0,3A.

Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish


Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________

Mavzu: Molekulalar o’lchami

Molekula” so`zi lotincha “moles” –“kichik massa” ma`nosini anglatadi.



Download 301.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling