Sana 20 yil. Ko’rdim matibdo’ Mavzu: To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik
Download 301.34 Kb.
|
to\'garak konspekt kerakli 34
- Bu sahifa navigatsiya:
- ρ 1 =1g/sm 3 ρ 2 = 0,9g/sm 3
- h 2 =(1/0,9)*30)sm33.3sm
- ρ suv =1g/sm 3 =1000g/m 3 g = 9,81 m/s 2
- p=(1000*9,81*0,5)Pa=4900 Pa
- Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha boigan eng qisqa masofa
- Yetti xil rangdan tashkil topgan tasvirni
- deyilganda shu elektr maydoniga kiritilgan musbat zaryadga maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch yo`nalishini ko`rsatuvchi chiziqlar tushuniladi.
2-masala
3-masala
Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Arximed qonuni Suyuqlik turiga bog'liq bo'lishini ko'rsatish uchun oddiy va tuzli suvlarda tajriba o'tkazilishi mumkin. Oxirida Arximed qonuni va Arximed kuchi FA=ρVjismg chiqariladi, Shundan so'ng bu kuchni nazariy ravishda keltirib cliiqariladi. Keltirib chiqarish darslikda berilgan. Jismlarning suzish shartlari, havoda sharlar uchishi vositasida Arximed qonuni qo'llanilishi tushuntiriladi.. So‘ngra film namoyish qilinadi. O‘quvchilarni faollashtirish uchun film namoyish qilinishi oldidan o‘quvchilarga bir qancha savollar beriladi. O‘quvchilar ularga filmni ko‘rib bo‘lganlaridan so‘ng javob berishlari kerak; O‘quvchilarga filmda ko‘rgan hodisani sharhlab berish, darsda ko‘rsatilmagan tajriba va misollarni ajratib berish, ular yuzasidan rasm yoki chizmalar chizish, hisob kitoblar bajarish. FA=ρ∙Vjism∙g Darsni mustahkamlash maqsadida masala yechib ko'rsatiladi. Masala. Hajmi 20 sm3 bo'lgan jism suvga botirilganda unga ta'sir etuvchi ko'taruvchi kuch nimaga teng bo'ladi?
Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Kuch momenti Demak, aylanish o‘qiga ega boigan jismlarning harakati,faqat unga qo‘yilgan kuch kattaligiga bog‘liq bo'lmasdan, balki kuchni aylanish o‘qidan qancha uzoqlikka qo‘yilganligiga ham bogliq bolar ekan. Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha boigan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo‘nalishi bilan yelka o‘zaro tik yo‘nalgan deb qaraladi. Aylanish o‘qiga ega bo'lgan jismlarda harakat qo‘yilgan F kuchga hamda yelka l ga bog‘liq bo`lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz, M=F*l. Uning o`lchov birligi M=1N*m. Siz kundalik turmushda og‘ir toshni yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko‘tarishganini ko‘rgansiz. Bunda lom uchiga F1 kuch bilan ta’sir etib, ikkinchi uchidan F2 kuch olinadi. F2 kuch F1 dan bir necha barobar katta boiadi. Demak, bu qurilmada kuchdan yutish mumkin ekan. Qo‘zg‘almas tayanch atrofida aylana ulniligan qattiq jismga richag deyiladi. Quyidagi tajribani ko‘raylik. Shtativga qalin chizg`ichni O nuqta atrofida aylana oladigan qilib o‘mataylik. Richagning o`ng tomoniga olti birlik masofada (A) bitta yukni osaylik, Ikkinchi tomonida esa uch birlik masofaga (B) bitta yukni osib qo`ysak, muvozanatda bo`lmaydi.Muvozanat bo`lishi uchun ikkita yukni osish kerak bo`ladi. A nuqtaga ikkinchi yukni ossak, muvozanatni saqlash uchun B nuqtaga 4 ta yukni osishga to`g`ri keladi. Demak, richagda ta`sir etuvchi kuchlar va kuch yelkalari orasida quyidagicha munosabat bo`ladi: F1/F2=l2/l1 l1- OA oraliq uzunligi bo`lib, F1 kuchning yelkasi. l2-OB oraliq uzunligi bo`lib, F2 kuchning yelkasi. Richagning muvozanatda bo`lish sharti Arximed tomonidan topilgan. F1*l1=F2*l2 dan M1=M2 bo‘lganda aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlar muvozanatda bolishi kelib chiqadi Ko‘rilgan tajribada M1 kuch momenti richagni soat strelkasi yo‘nalishiil;i aylantirishga harakat qilsa, M2 kuch momenti uni soat strelkasiga teskari yo‘nalishda harakat qildiradi. Richaglar turmush va texnikada keng qo‘llaniladi. 1.Massa markazi deganda nima tushuniladi? 2.Jismlarning massa markazi amalda qanday aniqlanadi? 3.Taxtaga qoqilgan mixni qo‘l kuchi bilan tortib sug'urish qiyin. Lekin attlh bilan osongina sug ‘ursa bo ‘ladi. Sababi nimada ? 4. 0‘zingiz ko'rgan qanday mexanizmlarda richag ishlatilgan? Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Yorug’likning tabiiy va sun’iy manbalari Har biringiz bahor paytida yomg‘irdan so‘ng osmonda yoy shaklidagi rangli «kamalak»ni kuzatgansiz. Ko‘pincha kamalak ikkita bo‘lganligidan yurtimizda Hasan-Husan deb ham nomlashadi. Shunday kamalakni yoz kunlarida otilib turgan faworalar yaqinida o‘tirib ham kuzatish mumkin. Sun’iy ravishda shlangdan suv sepganda sochilib chiqayotgan zarrachalarda ham ba’zan kamalakni kuzatish mumkin. Ko4ringan tabiiy kamalakka qarab yura bosh- lasangiz, u ham sizdan uzoqlasha boradi va keyinroq yo‘qoladi. Yorug‘likning rangini o‘rganishni birinchi bor ilmiy ravishda 1666-yilda Nyuion boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi. «Men 1666- yilda (sferik ko‘rinishga ega bo‘lmagan optik shishani silliqlayotganimda) yorug‘lik rangi haqidagi hodisani o‘rganish uchun uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men xonamni qorong‘ilashtirib, unda quyosh nurlari kirishi uchun kichik tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joy- lashtirdimki, natijada yorug‘lik prizmadan o‘tganidan so‘ng qarama-qarshi devorga tushdi. Menga devordagi jonli ranglarni ko'rish katta mamnuniyat keltirdi». Bu tajribani o‘zingiz ham bajarib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun Quyoshdan keluvchi yoki elektr lampochkadan chiqqan nurlarni tirqish orqali uchburchak shaklidagi shishadan yasalgan prizmaga tushiriladi. Prizmaga tushirilgan oq nur, undan o‘tgach, yetti xil rangga ajralar ekan (114-rasm). Ranglarning joylashish tartibi quyidagicha: qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havorang, ko‘k va binafsha. Yetti xil rangdan tashkil topgan tasvirni spektr deb ataladi. Prizmadan chiqqan nur rangli boiishidan tashqari, kirgan nurga nisbatan yoyilgan holatda bo‘ladi. Buning sababini o‘rganish uchun prizmadan chiqqan nurlardan bittasini qoldirib, qolganini berkitamiz va qoldirilgan nur yo‘liga boshqa prizmani qo‘yamiz. Prizmadan o‘tgan nurlarning og‘ish burcha- gini o‘lchab, turli rangdagi nurlarning prizmadan o‘tishda turli burchakka og‘i- shini kuzatamiz. Eng ko‘p og‘ish binafsha nurga, eng kam og‘ish qizil nurga to‘g‘ri keladi. Agar berkitilgan nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o‘tkazilsa, nurlar yig‘ilib, yana oq nur ko‘rinishida bo‘ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur aslida ma’lum nisbatda qo‘shilgan turli toza ranglarning aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatdan ham, keyinchalik Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil, havorang, yashil ranglarni qo‘shib oq rang hosil qilib ko‘rsatadi. Shu uchta rangni turli nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil boiar ekan. Hozirgi zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo‘shilishidan rangli tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko‘rini- shi ularning o‘ziga tushgan yorug‘likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini yutadi. Qora jism tushgan yorug‘likning deyarli barchasini yutsa, oq jism qaytaradi. Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Tovush manbalari “Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar. O’quvchilarga chizg’ich bilan tajriba ko’satilib beriladi O’quvchilar, demak tovush chiqaruvchi barcha manbalarda nimadir tebranar ekan. Chizg’ichni uzun qismi tebranib turganda tovush chiqmaydi. Buni tushintirish uchun tebranma hjarakatni va chastota nomli kattalikni bilishimiz zarur. 1.Tebranma harakat -deb har qanday takrorlanuvchi harakatga aytiladi. 2.1 sekund vaqt davomidagi tebraishlar soniga -tebranishlar chastotasi deyiladi. (Slayd 7) Chastota “ν”-harfi bilan belgilanadi. Agar jisim 1 sekunda 1 marta tebransa, uning chastotasi -1 Gers (Hz) 1 Hz= Inson qulog`i 16 Hz dan 20 000 Hzgacha bo’lgan tovushlarni eshitadi. Chizg’ichni uzun qismi tebranayotganda unnig tebranish chastotasi 16 hz dan past bo’lgani uchun biz uni eshitmadik. 1 sekundda tebranishlar soni 16 dan kichik bo’lgan tovushlar infratovush deyiladi. 7-9 Hz chastotali infratovush inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chastotasi 20000 Hz dan yuqori bo’lgan tovush ultratovush deyiladi. Ultratovush tibbiyotda inson a’zolarini holatini o’rganishda, metallurgiyada metall quymalarning sifatini aniqlash va, suv va suv ostida suzishda dengiz chuqurliklarni aniqlash va to’siqlargacha bo’lgan masofani aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush hayvonlarning hayotida ham muhum ro’l o’ynaydi. Kapalaklar, itlar va otlar, ko’rshapalaklar, ultratovushni eshita oladi. Delfinlar 200 kHz gacha bo’lgan tovushni qabul qiladi. (Slayd 8) Aniq bir chastotali tovush chiqaruvchi asbobga kamerton deyiladi. Bu asbob 1771 yilda musiqachi Shorom tomonidan ixtiro qilingan. Kamerton tovush manbai sifatida foydalaniladi. U 2 shoxli metall sterjendan iborat bo’lib, undan chiqayotgan tovushni kuchaytirish uchun “yog’och quti” – rezonatorga o’rnatiladi. 1.Chastotasi 16 Hz dan yuqori bo’lgan tovush ultratovush deyiladi. (yo’q) 2.1 sekundda tebranishlar soniga chastota deyiladi. (ha) 3.Tovush tarqalishi uchun tebranma harakat bo’lishi shart emas ( yo’q) 4.20000 Hz dan yuqori chastotali tovush ultratovush deyiladi.(ha) 5.Kamerton─tovush tarqatuvchi jism (ha) 6.Rezonator─tovushni pasaytradi (yo’q) 7.Tovushni qabul qiluvchi asbob bu mikrafon (ha) Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Aks-sado Yorug‘likning bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida qisman qaytib, qisman ikkinchi muhitga o‘tishini ko‘rdik. Tovush ham bir muhitdan ikkinchi muhitga tushganda, tushish yuzasidan qaytadi. Bunga ichi bo‘sh bochka yoki truba ichiga gapirib ko‘rib ishonch hosil qilish mumkin. Ko‘pchilik yangi qurilgan uy yoki hech kim yo'q sport zaliga kirib qolganda o‘zaro gaplashgan so‘zlaming baland eshitilganini sezgan. Televideniye va radioeshittirishlarni berk sport inshootlaridan olib borilganda ham ovozlar jaranglab eshitilganligiga e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Bularga sabab tovushning tekis devorlardan qaytishidir. Agar devorning uzoqligi 20 m dan ko‘proq bo‘lsa, qaytgan tovush manbadan chiqqan tovushga nisbatan biroz kechikib eshitiladi. Bu qaytgan tovushni aks- sado deyiladi. Agar parallel joylashgan devorlar yoki tor tog‘ darasi oralig‘ida ovoz chiqarilsa, aks-sado ko'p marta qaytariladi. Aks-sado faqat qattiq jismlardan qaytgandagina hosil bo‘lmaydi. Masalan, chaqmoq chaqnaganda bitta yashin hosil bo‘lganini ko‘rsak ham, momaqaldiroq ovozi bir necha marta takror- langanligini kuzatganmiz. Bunda birinchi eshitilgani baland, keyingilari esa pastlashib boradi. Bunga sabab, momaqaldiroq ovozi tog‘lar, o‘rmonlar, binolar va bulutlardan ko‘p marta qaytib bizga eshitilishidir. Tovushning qaytishidan turmush va texnikada ko‘p foydalaniladi. Masalan: dengiz va okeanlarda chuqurlikni o‘lchash hamda suv osti kemalarini aniqlash uchun ultratovushlardan foydalaniladi (124-rasm). Buning uchun dengiz tubiga ultratovush yuboriladi va urilib qaytgan tovush qabul qilinadi. Tovushning borishi va qaytishi uchun ketgan vaqt t o‘lchanib, dengiz chuqurligi h aniqlanadi. Bunda tovush 2h masofani o‘tganligi uchun 2h = vt't bo‘ladi. Bundan h = aniqlanadi. vt — tovushning suvda tarqalish tezligi. Bunday asbob exolot deb ataladi. 1.Quyoshli kunda qorog`ulashtirilgan xonaga deraza orqali tushayotgan yorug`lik dastalarining ko`rinishini qanday tushuntirish mumkin? 2. Shu xonaga tushayotgan nurlarning ko`zga ko`rinmasligiga qanday erishish mumkin? Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Elektr zaryadi Atomning ichki tuzilishini 1911- yilda ilk bor ingliz fizigi Ernest Rezerford o`rgangan. U o`z tajribalariga asoslanib,atom tuzilishining sayyoraviy modelini yaratdi.Unga ko`ra,atom ikki qismdan: atom yadrodan va uning atrofida aylanib turuvchi manfiy zaryadli elektrondan tashkil topgan. Yadroda qo`zg`almas zarra Proton hamda massa jihatidan teng zaryadsiz zarracha Neytron joylashgan. Yadroda protonlar soni ortishi bilan uning atrofida aylanib turuvchi elektronlar soni ham ortib boradi.Elektronlar yadro atrofida turli uzoqlikda bo`ladilar.Shulardan yadrodan eng uzoqda joylashganlari yadro bilan nizbatan kuchsiz bog`langan bo`ladi.Ular qoshni atomning ta`sirida atomdan chiqib, atomlar orasidagi bo`shliqqa o`tadilar.Bunday holatga o`tga elektronlar erkin elektronlar deyiladi.O`ziga birikkan elektronini yo`qotgan atom musbat ion, erkin elektronni biriktirib olgan atom esa manfiy ion deyiladi. Elektr zaryadi- bir biriga ishqalanishi natijasida zaryadlangan jismlardan o`tgan zaryadlarning miqdoriy o`lchovi sifatida kiritilgan kattalik bo`lib, “q” harfi bilan belgilashga kelishilgan.Birlik sifatida esa “1 C”(Kulon) qabul qilingan.Bu birlik fransuz fizigi Sharl Kulon nomiga uning sharafiga qabul qilingan.Shunday qilib,bir jismdan ikkinchi jismga o`tishi mumkin bo`lgan eng kichik zaryad miqdori bitta elektron zaryadiga teng.Uning miqdorini 1-bo`lib Amerika fizigi R.Milliken aniqlagan. Elektron zaryadi qe =0,000 000 000 000 000 00016 C=1,6*10-19 C ga teng. Bitta elektronga to`g`ri keladigan zaryad miqdorini “ e” bilan belgilashga kelishilgan. Shundan kelib chiqib,olingan yoki berilgan zaryad miqdori: q=Ne bunda: N-bir jismdan ikkinchi jismga o`tga elektronlar soni. 1 C musbat zaryadga ega bo`lgan jismdan nechta elektron chiqib ketgan bo`ladi? N=q/e=1 C/1,6*10-19C=6,3*1018 ta. 1 ta elektronning massasi me=9,1*10-31kg (Pashsha qanotining massasidan 5*1022 marta kichik). Elektrofor mashina-qarama qarshi ishorali elektr zaryadlarini hosil qiluvchi mashina. Elektr zaryadlarining o`tkazgich sirtida taqsimoti(M.Faradey): zaryadlar barchasi o`tkazgichning sirtida joylasib,uning ichki qismida bo`lmaydi; zaryadlar jism sirtida notekis taqsimlanadi,ya`ni jismning uchlik (qirrali) joylarida eng ko`p,tekis joylarida kamroq, botiq joylarida esa undan ham kam bo`ladi. Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________ Mavzu: Elektr maydon Elektr maydon-elektr zaryadlarining atrofida mavjud bo`lgan va ularning o`zaro ta`sirini uzatuvchi muhitga aytiladi.Elektr maydon orqali elektr zaryadlarining o`zaro ta`siri uzatilishini ingliz olimlari M.Faradey(1791-1867) va J.Maksvell(1831-1879) topganlar. Bu maydonni qo`l bilan ushlab yoki ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi.Uni faqat ta`sirlariga ko`ra sezish mumkin. Elektr maydon kuch chiziqlari deyilganda shu elektr maydoniga kiritilgan musbat zaryadga maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch yo`nalishini ko`rsatuvchi chiziqlar tushuniladi. Xulosa.Musbat zaryad hosil qilgan elektr maydon kuch chiziqlari zaryaddan chiquvchi,manfiy zaryadniki esa zaryadga kiruvchi bo`ladi. Elektr maydon kuchlanganligi-elektr maydonga kiritilgan sinov zaryadiga shu maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuchning miqdoriy xarakteristikasi bo`lgan vector kattalikka aytiladi. Elektr maydon kuchlanganligi “E” bilan belgilanadi. E=F/q0 Kuchlanganlik birligi- E=F/q0=[N/C] Masala yechish namunasi. Download 301.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling