Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet28/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

III. Yangi mavzu bayoni
Tasavvuf - musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go‘zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g‘oyat muhim. Poklanishning yo‘li esa bitta, u nafsni yengishdir.
Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, o‘g‘rilik, tanballik, g‘urur, tama’, ko‘rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, ko‘ngli torlik, g‘azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg‘aydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi.
Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko‘rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: «Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilganlaridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ darajaga erishganlar». Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy «Nafs itin qilsang zabun olamda yo‘q sendek shujo» deb yozsa, «Qisasi Rabg‘uziy»da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi. «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko‘rinadiki, nafsni yen­gish quroli - bu ISHQ ekan.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg‘ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, g‘ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso‘zlik, shafqat, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig‘indisi tushuniladi. Ishqning o‘rni ko‘ngilda bo‘ladi. Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yanada o‘tli, nurli bo‘ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko‘ra ko‘ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o‘rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o‘rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy — ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil. Moniy — Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran - ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan insongina hayotlik davrida o‘z botinida dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o‘z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay, poklanish yo‘lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling