IV. Mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar:
1. Podshohning adolatli hukmdor ekanligi qaysi o‘rinlarda aks etgan deb o‘ylaysiz?
2. “Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilib turur va hech kishining oshin yemas” jumlasini o‘qib, sizda zohid haqida qanday taassurot uyg‘ondi?
3. Yigirma hajning savobidan ko‘ra bir soatlik adolatning savobi ortiqligi haqidagi fikrga o‘z mulohazalaringizni bildiring.
Lug’at bilan ishlash. 1Avqot – vaqtlar 1Inoq quli – hukmdor qattiq ishongan saroy mulozimi ma’nosida; 2Harna – har qan-
day; 3Bosh urdilar – bosh egdilar, ya’ni rozi bo‘ldilar; 4Tonglosi – ertasi.
V. Uyga vazifa. 87-91 betlar.
VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
Sana___________Adabiyot 9-sinf 21-dars
Dars mavzusi: Xoja ijodi. Hikoyat.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |