Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet34/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.
HIKOYAT

Kunlardan bir kun bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi.


Bir kun vazirina aydi:
– Haj tavof qilmoqg‘a borurman, san borurmusan?
Vazir aydi:
Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yub, Ka’bag‘a borsangiz,
el-xaloyiq boshtoq bo‘lmasmu?! – tedi.
Podshoh aydi:
– Boshtoq bo‘lmas, yo‘q ersa, manga haj qilg‘on hojining savo-
bin sotg‘un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.
Vazir „Podshoh uchun haj sotg‘un olmoq kerak“ deb istab yurur
erdi, bir kimarsag‘a yo‘luqti. Ul kishi aydi:
– Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘
boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga
boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.
Borib ul zohidni podshohg‘a olib keldilar. Podshoh aydi:
Ey zohid, bir yo‘li qilg‘on hajingning savobin bizga soturmisan?
Zohid aydi: – Nega olursiz?
Sulton aydi: – Ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Ming qizil tanga oz turur.
Sulton aydi: – Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Oz turur.
Sulton aydi: – O‘zing na tilasang tilagil.
Zohid aydi: – Ey podshohim, bir haj na bo‘lg‘ay, yigirma hajim-
ning savobini sizga berayin, siz bir soat adl qilg‘oningning savobini
manga bering.
Sulton aydi: – Ey zohid, bir soat adl qilg‘onning savobi na bo‘lur?
Zohid aydi: – Bir soat adl qilg‘onning savobi odamlarning va farishtalar ning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.
IV. Mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
Podshohning adolatli hukmdor ekanligi qaysi o‘rinlarda aks etgan deb o‘ylaysiz?

2. “Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilib turur va hech kishining oshin yemas” jumlasini o‘qib, sizda zohid haqida qanday taassurot uyg‘ondi?

3. Yigirma hajning savobidan ko‘ra bir soatlik adolatning savobi ortiqligi haqidagi fikrga o‘z mulohazalaringizni bildiring.


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling