Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 444.72 Kb.
|
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III. Yangi mavzu bayoni “NAVOIY” (romandan parcha) O‘NINCHI bOb Shoirning odatda suhbat quradigan xonasiga kirganda, gap chortang edi. Sultonmurod kechikkani uchun uzr so‘rab, hamma bilan ko‘rishdi. Navoiy unga o‘z yonidan joy berdi. Har xil taomlar, shirinliklar, yaxshi asralgan anor, olma, noklar bilan to‘la dasturxonga taklif etdi. Majlisda butun Xuroson va o‘zga mamlakatlarga dong‘i ketgan bir necha ulug‘ olimlar ham ko‘p vaqt shoir bilan birga bo‘ladigan shoir Shayxim Suhayliy, shoir Hoɖz Yoriy, Hiloliy, darvesh tabiatli qari Hasan Ardasher va Navoiy xizmatida bo‘lgan fazilatli ba’zi mulozimlar bor edi. Majlis ahlining aksari uch tilda: o‘zbekcha, forscha, arabcha — qay biri qulay kelsa, bab-baravar, bemalol so‘zlashardilar. Olimlarning deyarli hammasi, o‘z ilmlaridan tashqari, yana bir ko‘p ilmlarni chuqur bilar edi. Ularning orasida ilm bilan san’atni birlashtirganlar, masalan, go‘zal raqs etuvchilar, musiqiyda kuylar yaratganlar, mohir naqqoshlar ham bor edi. Navoiy, o‘z odatiga muvoɖq, mehmonlardan quyiroqda o‘tirdi. U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug‘sifat; butun olimlar u ning jamiki ilmlarda juda chuqur ekaniga qoyil bo‘lsalar, har yerda tasdiqlasalar ham, Navoiy ilm sohasida ko‘proq o‘z nuqsonlaridan gapiradi. U har kimning ɖkrini sabr va diqqat bilan tinglaydi. Majlisga yangi mehmonlar keldi. Bular mavlono Shahobiddin bilan shoir mavlono Binoiy edi. Mavlono Shahobiddin — Xuroson olimlari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan. Binoiy istе’dodli shoir, lekin tili achchiq, o‘jar. Mavlono Shahobiddin yarqiroq to‘nini halpillatib, yuqoriga o‘tdi. Go‘yo shogirdlarning o‘ltirishiga kirib qolgan domladay, kekkayib o‘tirdi. Past bo‘yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom o‘ynagan, pahmoqsoqol, pala-partish kiyingan mavlono Binoiy lablaridagi istehzoli kulgi bilan hammaga bir qarab qo‘ydi-da, soxta bir kamtarlik bilan kichik qaddini bir oz bukib ko‘rishdi va quyiga, to‘g‘ri kelgan joyga o‘tira qoldi. Navoiy hammaga ko‘rsatgan xush muomalasi bilan uni mehmon qilishga tirishdi. Binoiy ham xiyla vaqtgacha umumiy gapga quloq solmasdan, saralab-saralab taom yemoq bi- lan ovora bo‘ldi. Mavlono Shahobiddin, aksincha, dasturxonga qiyo boq madi. Go‘yo masalani oxirda yolg‘iz o‘zi yechib berishga ishongan odamday, “churq” etmasdan, donishmand bir tur bilan munozaraga quloq soldi. Lekin majlis yangi-yangi masalalarga o‘tdi. Mavlono Shahobiddin labini ham qimirlata olmadi.Kimdir mavlono Lutɖyning sho‘x-o‘ynoq bir g‘azalidan ba’zi baytlarini o‘qib, maqtay boshladi. Boshqa biri Navoiyning butun Hirot kuylaydigan bir g‘azalini va uning kuyini maqtadi. Mavlono Shahobiddin bu so‘zlardan zerikkandek, og‘zini katta ochib, homuza tortdi. “NAVOIY” ROMANI TO‘G‘RISIDA Ushbu roman buyuk mutafakkir shoir haqida dunyo adabiyotida yaratilgan ilk yirik nasriy asar edi. Bu romanga qadar Oybеk Navoiy haqida bir qator shе’rlar, doston va ilmiy maqolalar yaratgan edi. Yirik badiiy asarda daho ijodkorning shaxsiyati, ruhiyat dunyosi, ichki olami, ijod va ijodkorlarga munosabati butun sеrqirraligi bilan ko‘rsatib bеrildi. Yozuvchi faqat buyuk Alishеr Navoiyning ijodi va shaxsiyatinigina emas, balki u yashagan tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy sharoit hamda u bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni ham puxta o‘rganib chiqdi. Shuning uchun romanda daho ijodkor el-ulus hayotidan uzilmagan holda jamiyatdagi katta-kichik voqеalar fonida ishonarli va hayotiy aks ettirilgan. Siz tanishgan kichik parchaning o‘zidayoq Navoiy shaxsiyatiga xos porloq jihatlar bor bo‘yicha aks ettirilgani ko‘zga tashlanadi. Shoirning ona tili mavqеi uchun kurash yo‘lida tinim bilmasligi, odam- larga bеg‘araz yaxshilik qilishga hamisha tayyor ekani, doim el-yurt manfaatini o‘ylashi singari jihatlar g‘oyat ta’sirli aks ettirilgan.Shuningdеk, asarda buyuk shoirning tadbirkor siyosiy arbob, uzoqni ko‘ra oluvchi donishmand, har qanday holatda ham e’tiqodiga xiyonat qilmaydigan iymoni mustahkam shaxs ekani yorqin tasvirlangan. Shoirning harbiy ishlar sohasida ko‘p sarkardalar, hatto, umri jang-u jadallar ichida o‘tgan Husayn Boyqaroga nisbatan ham bil girlik qilishi asarda mahorat bilan jonli misollar asosida hayotiy ifoda qilingan. Alishеr Navoiy hazratlarining dovyurak, tadbirkor, o‘rni kеlsa, xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs ekani uning Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg‘iz borishga jazm qilganida yaqqol ko‘zga tashlanadi.Asarda shoirning o‘z qadrini biladigan, ayni vaqtda o‘ta kamtar odam ekanligi lavozimdor odam sifatida ilk muhr bosish holati tasvirlangan lavhada yorqin namoyon bo‘ladi. Navoiyning chеksiz adolati, el-yurtga g‘amxo‘rligi, ulusning hayotini yengillatish, turmushini farovon qilish uchun tinim bilmasligi kabi jihatlar romanda o‘ta ta’sirli aks ettirilgan. Oybеk romandagi har bir obrazning o‘ziga xos jihatini ko‘rsatishga erishgan. Shuning uchun ham asardagi dеyarli barcha timsollarning nutqi individuallashtirilgan. Unda tasvirlangan ijodkorlar, navkarlar, sarkardalar, saroy amaldorlari, dеhqonlar, kosib-u hunarmandlarning har biri o‘zigagina xos til bilan ta’riflangani asar ning o‘qishli bo‘lishini ta’minlagan. Romanni o‘qish mobaynida o‘quvc hi ko‘z oldida buyuk Navoiy yashagan davrdagi sharoit, odamlar, ularning o‘ziga xos turmush tarzi, ruhiy olami, quvonch-u tashvishlari gavdalanadi. Bu hol yozuvchining yuksak tasvir mahoratidan dalolatdir. Download 444.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling