Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman


Download 444.72 Kb.
bet85/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.

Omon Matjon
OMON MaTJON shE’rlari haQida
Chinakam shoir o‘zining kayfiyatini, kechinmalarini o‘zgalarga yuqtira oladi. Omon Matjonning siz o‘rganib chiqqan she’rlarida ayni shu holat yaqqol seziladi. Har uch she’rni o‘qiganingizda o‘zingiz sezib yo sezmay, shoir ifoda qilayotgan tuyg‘ular ta’siriga tushib qola-siz. Chunki shoir she’rxonlarning ruhiy dunyosini yaxshi biladi. Uning yuragini to‘lqinlantiradigan, tuyg‘ularini uyg‘otadigan tasvirni beradi. Bu tasvirlar she’rxonning badanini jimirlatadigan, ruhini bezovta qiladigan tarzda amalga oshiriladi.
Siz xalqning qudrati, uning buyukligi, uning hayotini yaxshilash zarurligi haqida juda ko‘p gaplar aytilganini, hozir ham aytilayotganini bilasiz. Ammo xalq oddiy odamlardan iborat ekanligini, uning orasida olijanob-u buyuklar ham, pastkash-u qalloblar ham borligini, shu bois xalqni muqaddaslashtirish o‘rniga uning ma’naviy darajasini ko‘tar ish kerakligi Shoir she’rlarida yorqin ifodalangan. Haqiqiy she’r hamisha yolg‘ondan yi roq bo‘lgan chin insoniy tuyg‘ularni
aks ettiradi. Shoir xalqini chin yurakdan sevadi. Uning kelajagi uchun qayg‘uradi. Shu bois uni kamchiliksiz, buyuk ko‘rgisi keladi. Aynan yaxshi ko‘rgani sabab xalqiga chin so‘zni ayta oladi.Shoirning mustabid tuzum hukmronligi avjiga chiqqan bir zamonda yozilgan „Eng so‘nggi xazina“ deb nomlanadigan she’ridagi insoniy jasorat va badiiy joziba kishini hayratga soladi. She’rda millatning o‘zli gini tayin etadigan eng so‘nggi va bebaho xazina milliy g‘urur ekani voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan. She’rda Omon Matjonning o‘sha paytlardayoq o‘z millatining tenglar ichra teng bo‘lishini istagani yaq qol ko‘zga tashlanadi. U xalqining yeb to‘ymas
katta og‘aning quliga aylanib qolishini istamasligini ochiq aytadi. Katta urug‘ning surligi, ustamonligi tufayli shunchaki yondosh yashayotgan kichik elat oldin qo‘shniga, keyin do‘stga, so‘ng iniga, oxiri qulga aylanib qolganligi juda ta’sirli va mardona ko‘rsatilgan.
She’rda donishmand tomonidan aytilgan: “Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol, Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor! Bu g‘ururdir! U – har qalbning qa’rida! Shuni uyg‘ot hali imkon bori-da! Uyg‘otolsang – xalqing xalqqa do‘nadi, Yo‘qsa butkul so‘na-di!” so‘zlarida asarning bosh g‘oyasi aks etadi. Shoir milliy g‘urur-ni yo‘qotmay asrash kerakligini, usiz milliy erkka erishib bo‘lmasligini tasvirlaydi. She’rning jumboqsimon tugallanishi ham poetik samara keltirib, o‘quvchini fikrlashga undaydi.
Hazrat Alisher Navoiyning “Avvalgilarg‘a o‘xshamas” radifli g‘azaliga bog‘lagan taxmisidagi ko‘plab tasvirlar buyuk shoirga berilgan munosib javobday taassurot qoldiradi. Shoir zamon o‘zgarishi, vaqt o‘tishi bilan olamdagi barcha narsada evrilish yuz berishini o‘ta ta’sirli ko‘rsatib bergan. O. Matjon ulug‘ ustozning tafakkur tarzi, ifoda yo‘siniga mos tasvir vositalarini qo‘llay bilgan.
Omon Matjon she’rlarida Xorazm vohasiga xos so‘z boyligidan, o‘sha yurtning afsonalaridan, xorazmliklarning shirin lafzidan o‘rinli foydalanadi. Shoir xalq ijodiga tez-tez murojaat qiladi. Shuning uchun ham uning she’rlari yengil o‘qiladi, kuchli ta’sir qiladi va oson yodda qoladi. Shoirning she’rlarini mehr qo‘yib, sinchiklab o‘qish, ularni yodlab olish kishi ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu she’rlar she’rxonni hayot, odamlar, ularning ichki olami haqida jiddiyroq o‘ylash va o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga yo‘naltiradi.


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling