Sana: Sinf: 2 Fan: Matematika Mavzu
t/r Darsning bosqichlari
Download 1.97 Mb.
|
2-Sinf Matematika fanidan Og`zaki qo`shish va ayirish usullari m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: Tashkiliy qism.
Darsning borishi: Tashkiliy qism. Psixologik iqlim yaratish, salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash. O`quvchilarni guruhlarga ajratish, nomlash va guruh sardorlarini tayinlash. Baholash mezonlari haqida tushuncha berish. “Plastik kartochka” (“5 ming”, “4 ming”, “3 ming” raqamlari yozilgan shakllar); Baholash mezonlari plastik kartochka ko`rinishida bo`lib, bu orqali o`quvchilarga oila byudjeti, zamonaviy xarid qilish va tekamkorlik haqida tushuntiriladi. Darsning tashkiliy qismida o`quvchilarga quyidagi tartibda sayohat qilinishi aytiladi. O`quvchilar darsning tashkiliy qismida Urganch shahriga, o`tilgan mavzuni takrorlashda Buxoro ,Navoiyda yangi mavzuni o`tib,mustaqil ish Samarqand shahrida bajariladi.Poytaxt Toshkentda dars yakuniga yetadi. 1-Urganch 2-Buxoro 3-Navoiy 4-Samarqand 5-Toshkent Darsning oltin qoidalari: Intizomli bo`lish; O`zaro hurmat; Faol bo`lish; Vaqtdan unumli foydalanish; Izlanuvchanlik; Imkoniyat; Dars she’r bilan boshlanadi O`quvchilar: Xush kelibsiz ustozjon Sizga dilgan assalom. Hamma: Assalomu alaykum. O`qituvchi: Salom aziz bolalarim, Ona yurt egasisiz, Istiqlol ertasisiz, Bo`ling aqli rasolar, Ham bilimdon donolar. 1-o`quvchi: O`zbegimning o`zligi, Salomidan bilinur, Mehrga to`la qaynoq, Kalomidan bilinur. O`qituvchi: Bugun oddiy dars emas, Balki sinov darsidir, O`tib olsak sinovdan, Bu hammadan yaxshidir. Qani ayting bolalar, Kim navbatchi bo`ladi, Ushbu kunning hisobin, Menga aytib beradi. 2-o`quvchi: Bugun hafta kuning, Uchinchisi bo`libdi, Olloh ushbu kuniga, Katta nazar solibdi. Yaxshilik farishtasi, Yer yuzida qolibdi, Barcha yaxshi yumushlar, Egzu niyat orzular, Ushbu kunning o`zida, Ijobat ham bo`libdi. 3-o`quvchi: Bizlar yaxshi bolamiz, Ochilgan gul-lolamiz, Ota-ona izmidan Ustozlarning so`zidan Bizlar also chiqmaymiz. Hamma: Sinfdagi barchamiz, Darsga shay gul g`unchamiz. O`qituvchi: Hisobni o`rgatadi, To`g`ri yo`l ko`rsatadi, Qani toping bolalar, Topmagan chetda qolar, Bu fanning nomi … (Matematika) Demak, darsimiz matematika. O`qituvchi: Oltindan qimmat duo, Berar bizga nur ziyo, Berar ta’lim-tarbiya, Darsimiz-Matematika. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling