Sana Sinf: 8 Fan: Odam va uning salomatligi Dars mavzusi


Teri kuyganida birinchi yordam ko‘rsatish


Download 161.67 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi161.67 Kb.
#1615599
1   2   3   4
Bog'liq
Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish

Teri kuyganida birinchi yordam ko‘rsatish. Teri olov, qizib turgan metall buyumlar, kislota yoki qaynab turgan suyuqlik tekkanida kuyadi. Kuchli kuygan kishining hayoti unga tezda birinchi yordamni ko'rsatilishi bilan bog'liq. Qaynab turgan yoki qaynoq suyuqlik bilan kuyishda tezlik bilan kuygan joyga 15 minut


davomida sovuq suv quyib turiladi. Song'ra kuygan joy sterillangan bog'ich yoki toza material bilan bog'lab qo‘yiladi. Kuygan jqyda paydo boradigan pufaklarni yorish, jarohatga o'simlik yog‘i, margansovka, spirt surtish mumkin emas. Bu moddalar kuyishni va og'riqni kuchaytirib, jarohatning bitishini qiyinlashtiradi.
Yong'inda odam ustidagi kiyim yona boshlaganda, olovdan qutulish uchun yugurmaslik kerak. Chunki, yugurganda havo oqimi yonishni kuchaytiradi. Shuning uchun kiyimni yechib tashlash yoki yonayotgan kiyim ustidan suv quyish, odam ustiga biron qalin mato (ko'rpa, palto) yopish lozim. Yaxshisi, yonayotgan. kishi o‘zini yo'qotmasdan yerga ag'anab, olovni o'chirishi lozim. Olov o'chirilgandan so'ng tananing kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suv quyib turiladi. Teri kimyoviy moddalar bilan kuyganida jarohatlangan joyga sovuq suv quyiladi. Terini kislota kuydirganida kuygan joy ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvilib, sterillangan bog‘ich bilan bog‘lanadi.

Issiq urishi. Odam yuqori harorat va nam havoda, shuningdek, yopiq xonada jismoniy mehnat qilganida yoki havo o'tkazmaydigan kiyimda ishlaganida teri orqali suv bug'lanishi va issiqlik ajralishi qiyinlashib, uni issiq uradi, Issiq urgan kishining boshi
ogriydi, yuragi tez ura boshlaydi, quloqlari shangillaydi. Uning rangi oqanb, hushidan ketishi mumkin.
Issiq urgan odamga birinchi yordam ko‘rsatilganda uning kiyimi va tugmalarini yechib, salqin joyga yotqiziladi. Bemor peshanasiga va tanasiga sovuq suvda ho‘llangan sochiq bosiladi. Uning taqimi ostiga yostiq qo‘yib, oyoqlari balandroq ko‘tariladi. Bemorni yelpib. shamollatib turiladi.
Sovuq urishi. Sovuq havoda uzoq qolib ketgan odam tanasining ochiq joylari, xususan, qulog‘i, burni, oyoq va qo‘l barmoqlarini sovuq urishi mumkin, Sovuq urganida teri oqarib, uning sezuvchanligi yo‘qoladi. Bunday holda terining oqargan joylariga issiq o‘tkazmaydigan paxta qo‘yib yoki jun ro‘mol bilan bog‘lab qo‘yiladi. Sovuq urgan joy biroz isib, sezgi paydo bo'lgunicha bog'ich yechilmaydi. Sovuq urgan joydagi qon tomirlari mo'rt bo‘lib qoladi. Qon tomirlari yorilib, qon oqmasligi uchun sovuq urgan joyni harakatlantirmaslik kerak. Odam sovuqda uzoq qolib, qattiq sovqotganida issiq uyga kiritilib, uning ustiga ko‘rpa yoki palto yopib, o‘rab qo‘yiladi. Unga issiq sut, kofe yoki choy ichiriladi va bemor kasalxonaga jo‘natiladi,
Sigareta va alkogol sovuq havoda organizmni isitishi to‘g‘risida ayrim fikrlar haqiqatdan uzoq turadi. Chunki, sigareta qon tomirlarini siqib, barmoqlar va boshqa organlarda qon oqishini qiyinlashtirishi tufayli sovuq urishini tezlashtiradi. Spirtli mahsulotlar dastlab qon tomirlari, ayniqsa, yuz va bo'yindagi kapillarlarni kengaytirib, isish tuyg‘usini paydo qiladi. Aslida esa spirtli ichimliklar ta’sirida organlar issiqlikni tashqi muhitga ko‘p ajratishi tufayli organizm tez sovib, odamni tezroq sovuq uradi.
Sovuq havoda issiqlik hosil bo’lishining boshqarilishi. Tashqi muhit harorati pasayganida teridagi sovuqqa sezgir retseptorlar qo‘zg‘alib, qon tomirlari torayadi, qon kelishi kamayib, teri oqaradi va teri orqali issiqlik ajralishi kamayadi. Tashqi muhitda haroratning pasayishi organizmda issiqlik hosil bo'lishini kuchaytiradi. Bu jarayon muskullarning beixtiyor bir me’yorda tez-tez qisqarishi, ya’ni qaltirash orqali amalga oshadi. Qaltirash tana muskullarining sovuq ta’sirida ixtiyorsiz ritmik qisqarishidan iborat.

Download 161.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling