Mashq va topshiriqlar bajarish:1-2-3-mashqlarni,1-3-4-topshiriqlarni shartiga binoan bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa:Mavzu yuzasidan savol-topshiriqlarni bajarish.
Mavzu: O`lkamiz temiryo`llari.(Emoq to`liqsiz fe’lining tuslanishi).
1-soat
Darsning ta’limiy maqsadi:
-“O`lkamiz temityo`llari” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish,to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarni shakllantirish.
-Yangi o`rgangan so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish va qo`llash malakasini shakllantirish.
-O`z nutqlarida “emoq” to`liqsiz fe’lining tuslanishini mustaqil ravishda qo`llashga o`rgatish.
- Mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga o`lkamiz temiryo`llari haqida ma’lumot berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqida egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-O`quvchilarning o`zaki nutqini o`stirish, lug`at boyligini oshirish.
-Emoq to`liqsiz fe’lining tuslanishini yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Do'stlaringiz bilan baham: |