Darsning borishi:
Taskiliy qism:Darsni tashkil qilish.O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.O`quv-
chilarni bugungi dars mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish.
Uy vazifasini tekshirish: O`quvchilarning “Obod o`lkam ” mavzusida yozib kelgan matnlarini tekshirish, tahlil qilish va baholash.Oldingi darsda o`tilgan grammatik mavzuni misollar bilan so`rash.
Mavzuni mustahkamlash: 1-topshiriqda berilgan rasm asosida suhbat o`tkazish.
2-topshiriqdagi matn yuzasidan topshiriqlarni guruhlarda bajarish.
1-guruhga topshiriq:
Matnni o’qing . Matndagi tayanch so`zlarni topib,tarjima qiling va lug`at tuzing.
2-guruhga topshiriq:
Matn mazmunini ochuvchi savollar tuzing va ularga yozma ravishda javob bering.
3-guruhga topshiriq:
Matn mazmunini o`z so‘zlaringiz bilan so‘zlab bering.
Mashq va topshiriqlar bajarish: 1-2-mashqlarni, 3-topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.
O’quvchilar bilimini baholash: O‘quvchilarning bilimini darsdagi faolliklariga qarab baholash.
Yuga vazifa berish: Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajaring.
sana
sinf
Mavzu:O`zbekiston tabiati.(Majhul nisbatdagi fe’llarning qo`llanishi va ishlatilishi).
1-dars
Darsning ta’limiy maqsadi:
O`quvchilarning “O`zbekiston tabiati” mavzusidagi tayanch so`z boyligini oshirish.
Shu mavzuga oid yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarini shakllantirish. O`z nutqida majhul nisbatdagi fe’llarning shart maylida qo`llanishini mustaqil ravishda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Savodxonlik, to’g’ri talaffuz me’yorlari ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O`quvchilarda tabiatni asrash, avaylash Vatanimizning gullab yashnashi uchun o`z hissalarini qo`shishlarini tarbilash, mehnatni sevishga o`rgatish, tabiat manzaralarini tahlil qilish orqali olinadigan estetik zavqni uyg`otish.
Do'stlaringiz bilan baham: |