San’atshunoslik” fakulteti 5111100-“musiqa ta’limi “YO’nalishi 3-kurs “musiqa o’qitish metodikasi”fanidan


Download 0.71 Mb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1558385
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 303-guruh Nabijonova Kumushoy

diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ulami tarbiyalaydi”. “Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat. Yo saodat-yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: “Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi” Abu Nasr Forobiy fikricha: “Musiqa - nodir san’at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir” , “Kimki ilm xikmat o‘rganmoqchi bo’lsa, avvalo o‘zi ma’naviy barkamollika erishmog‘i lozim”- deydi. Abu Rayxon Beruniy: “Har kimki hikmat o‘rganman desa, yoshlikdan bolasini, ilmli va dono kishilardan saboq olsin, shundagina u komillik darajasiga yetadi”; Shunday ekan, hozirgi davrda, musiqa o‘qituvchisidan mas’uliyat, fanga yangicha yondashuv uning metodologiyasini chuqur o‘rganish talab etadi. Umumta’lim maktablarida esa, musiqa madaniyati darslarning asosiy maqsadi, o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish vositasida musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero, kuy va ohang ta’sirida inson ezgulikka intilish, go‘zallikni asrash, ona tabiatga, ona Vatanga muhabbat his tuyg‘ularini shakllantirib, ma’naviy dunyosini boyitadi. Endi bosqichma bosqich musiqa tinglash jarayonini to’g’ri tashkil etish jarayonini tog’ri tashkil etish,zamonaviy texnologiyalardan foydalanib bolalarning musiqiy uquvini ,badiiy didini va boshqa foydalari xususida so’z yuritamiz.
I Bob. Musiqa tinglash madaniyatida musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.Badiiy tafakkur.
Pedagogik mahorat muntazam takomillashtirib boriladigan o’qitish va tarbiyalash san’atidir.Musiqa o’qituvchisi kasbining o’ziga xos xususiyatlari darsdagi nazariy materialni verbal va noverbal usullar orqali usullar orqali o’quvchilarga yetkazish hamda musiqiy asarni bevosita ijro etish ya’ni amaliy tarzda o’quvchilarga uzatish va ularda maqbul badiiy musiqiy tasavvurlarni uyg’ota olish mahoratini o’z ichiga oladi.
Ma’naviy qoniqish jarayoni har bir shaxsda musiqa tinglashda ,konsert jarayonida,teatrda spektakl namoyish etilayotganda yoki badiiy adabiyot namunalari o’qilayotganda kechadi.O’quv mashg’ulotlarida hech qanday ichki buyruqlarsiz,tabiiy ravishda musiqiy xotira,diqqat,irodaning faoliyati davom etadi va bu dars jarayoniga yangi,qiziqarli actual mazmun olib kiradi.
Shunga qaramasdan,o’qituvchining ijodiy faoliyat yo’li bu doimo o’quv jarayoniga yangilik olib kirish,takomillashtirishdan iboratdir.Pedagogok musiqiy ijodiyot yangi,oldin ma’lum bo’lmagan,maxsus yo’naltirilgan ijodiy faoliyat natijasida aniqlangan badiiy yangilikdir.Pedagogik musiqiy ijodiyotning asosiy qirralari quyidagilardan iborat:
a)metodik ijodiyot,bunga dars badiiy materialini o’zlashtirishning optimal usullarini ishlab chiqish kiradi;
b)kommunikativ ijodiyot,bolalar uchun mo’ljallangan musiqa asarlarini ijro etish uslubi va yo’llari o’qituvchidan o’quvchiga ijodiy tarzda o’tkaziladi;
c)o’z-o’zini takomillashtirishga qaratilgan ijodiyot,musiqa san’atining muhim qadriyat difatidagi ahamiyatini teran anglash orqali uni o’zida singdirishni o’z ichiga oladi.
Ijodiy musiqiy pedagogik jarayonining turli qirralari mavjud bo’lib ,ular aynan badiiy-musiqiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlashga yo’naltiriladi.
Hozirgi kunda zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-yuqori darajada ifodalangan fuqarolik faolligi va ijtimoiy mas’uliyat;
-bolalarni sevish,ularga o’zini baxsh etish ehtiyoji va qobiliyati mavjudligi;
-yuksak madaniyatlilik,boshqalar bilan birga ishlash ehtiyoji mavjudligi;
-kasbiy kompotentlik,pedagogic tafakkurning innovatsion uslubiga ega bo’lish;
-o’z ustida muntazam ishlashga tayyorlik;
-jismoniy va psixologik salomatlilik ,kaskiy ish qobiliyatining mavjudligi.
Zamonaviy o’qituvchining ushbu sifatlari musiqa o’qituvchisiga ham taaluqli bo’lib,umumta’lim maktabida musiqa ta’limi va tarbiyasiga u asosiy mas’ul shaxs bo’lib qoladi.Musiqa o’qituvchisining pedagogic mahorati qirralarini quyida ko’rishimiz mumkin:
Bilim va ko’nikmalar- Umummadaniy,musiqiy-pedagogik,musiqiy-nazariy,musiqiy-psixologik,musiqiy-pedagogik va musiqiy –ijrochilik;
Malakalar- gnostic- bilishga yo’naltirilgan,persteptiv(idrok),harakat(drijorlik harakatlari va cholg’u asbobida ijro etish),kommunikativ (artistizm) va pedagogic;
Sifat – artistlik,drijorlik va ijro texnikasi,musiqiylik,muvaffaqiyatga ishonch,ichki intuistiya,pedagogic muloqot imkoniyati;
Yo’nalganlik – musiqa san’atidagi tarbiyaviy imkoniyatni amaliyotda tatbiq etish,bolalarga musiqa ta’limi berish va musiqiy jihatdan tarbiyalash,bolalarga va musiqaga nisbatan muhabbat,kasbni ulug’lash,bolalarga va musiqaga nisbatan muhabbat,kasbini ulug’lash hissini uyg’otish;
Funktsiyalar- diagnostik,prognostik,tashkilotchilik,kommumikativ,loyihalovchi,tadqiqotchilik;
Qobiliyatlar-musiqiy,didaktik,kommunikativ,tashkilotchilik,konstruktiv,gnostik,perssteptiv,kreativ,ekspressiv(hazil va yumordan oqilona foydalanish) va boshqalar.
Quyidagilardan ko’rinib turibdiki,zamonaviy musiqa o’qituvchisi mana shu qobiliyat,kasbiy sifat va xususiyatlarga ega bo’lishi zarur.Umumta’lim maktabida musiqa ta’limini rivojlantirish uchun quyidagi kasbiy malakalar bo’lishiga e’tibor qaratiladi:

  • Sifatli musiqiy repertuar tanlash qibiliyati,o’quv-tarbiyaviy materialni loyihalash,musiqa darslari va darsdan tashqari ish shakllarini tuzish;

  • Ta’lim oluvchilarga emotsional ta’sir eta olish qibiliyati mavjudligi;emotsiyalarning yorqinligi va yo’maltirilganligi,nutqidahi mimika,harakatlar,plastikaning rabg-barangligi;

  • O’quvchilarni yurli musiqiy faoliyat yo’nalishlariga safarbar eta olish qobiliyati,yuqori sifatli musiqa asarlariga nisbatan bolalarda immunitet ,qiziqish uyg’ota olish,musiqiy faoliyatning jamoaviy shakllari orqali (xorda kuylash,ansamblda chalish) ularni birlashtira olish;

  • O’quvchilar bilan maqbul muloqot o’rnata olish qobiliyati mavjudligi,hamkorlikni amalga oshira olish;

  • O’quvchilarning musiqiy-estetik tarbiyalashning barcha qirralarini tasavvur va tasarruf eta olish qobiliyati;

  • Bilimlarni o’rgatish,o’quvchilarga uzata olish qobiliyati;

  • O’quv jarayonida ijodiyotning mavjudligi,improvizatsiya qila olish qobiliyati;

  • O’quvchilarning ichki olamiga kira olish qobiliyati,ularning holatini his eta olish ,empatiya (hamdardlik)qobiliyati mavjudligi.

Darsning yuqori savuyada tashkil etish uchun ijobiy psixologik sifatlar:diqqatning taqsimlanishi,ya’ni ikki va undan ortiq ob’yektlarda bir vaqtning o’zida faoliyatni amalga oshirish yoki ularni nazorat qilishi va diqqatning ko’chishi,ya’ni,yangi vazifa qo’yilishi natijasida diqqatning bir ob’uektdan boshqasuga yoki bir faoliyat turidan boshqasiga o’tishi muhimdir.
O’qituvchi o’quvchilarni diqqat bilan kuzatb,ularning misiqa idroki darajalarni aniqlashi ,ijro etiladigan qo’shiqning sifati ,yinglanadigan musiqaning qanchalik darajada o’quvchilarga borib yetishi,ma’lum ish uslubi va musiqiy faoliyat turi natijasi borasida ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.Buni o’quvchilarga nigoh tashlab ham aniqlash mumkin.
Musiqa darsiga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi o’zining imkoniyatini chamalashi va kuylanadigan(tinglanadigan) musiqa asarining qaysi nuqtasi sal bo’shroq,qayeriga alohida berish lozimligini hisobga olib,shu asosda ishni tashkil etish lozim.Bu tarzda imkoniyatlarni o’lchash o’qituvchining professional tayyorgarlik darajasini,jismoniy holatini,pedagogic iqtidori darajasini namoyish etadi.
Darsda o’qituvchining bag’rikengligi va optimistik kayfiyati muhim ahamiyatga ega.Musiqa ta’limi jarayoni kechinma va hissiyotlar orqali amalga oshiriladigan badiiy faoliyat bo’lganligi sababli,o’qituvchi ta’limiy jarayonda o’quvchiga ko’maklashishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi,bunda qo’yiladigan baddiy-musiqiy vazifalar o’qituvchi bilan yaqinlashtirishi lozim.
Umuman,o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ijodiy jarayonni tashkil etish musiqa ta’limining muvaffaqiyatini,musiqiy ta’limnimng samaradorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.Zero ,musiqa san’ati kishilar o’rtasida do’stlik,birodarlik,mehrni targ’ib etishg yo’naltirilgan ekan ,o’zaro hamkorlikka asoslangan ijodiy muhit Yaratish musiqa ta’limining muvaffaqiyatini ta;minlashi shubhasiz.
Musiqiy tafakkurning vazifasi tinglanadigan yoki ijro etiladigan musiqa asarlari orasidagi o’xshashlik va farqlar,munisabatlar,aloqalarni aniqlaydi va tasodifiy o’xshashliklardan ularni ajratadi.Ison tafakkuri rivojlnishi bosqishma bosqich amalga oshadi.Intellektual rivojlanish bosqichlari sifatida: a)ko’rgazmali-harakatli;b)ko’rgazmali obrazli;v)so’z-mantiqiy tafakkurni ko’rsatish mumkin.Musiqiy faoliyat aynan ko’rgazmali-obrazli tafakkur orqali amalga oshiriladi va musiqiy tovush obrazlari badiiy voqea yoki hodisa haqida ma’lumot beradi.
Inson bosqichma bosqich musiqiy tafakkur rivojlanish pog’onalarini bosib o’tadi,ya’ni,bola musiqiy tajribani o’zlashtirib badiiy muloqotga kirishadi.Bola musiqiy tafakkurida elementlar oddiy uumlashtirish ishtirok etadi,bu umumlashmalar musiqaning ayrim belgilari asosida,bolani emotsonal jalb etgan holda amalga oshiriladi.Bolalarning musiqiy tafakkur orqali ma’lum badiiy xulosalarga kelishida transduktsiya (bir alohida tasodifan barcha umumiy tasodiflar osha boshqasiga o’tish) hodisasi ko’proq kuzatiladi.Musiqiy tafakkur rivojlanishida u musiqiy mazmunni tushunishdan oldingi va tushunish singari bosqichlardan o’tadi.
Tushunishdan oldingi bosqichda bolaning badiiy fikrlashi tarqoq holda,tushuntirib berishda alohida,tanish nuqtalarga urg’u berishga harakat qiladi.Tushunish bosqichi darhol shakllanmaydi ,u bir necha bosqichlarni bosib o’tadi.Nazariy holatlardan foydalanish o’z tajriba doirasidan chiqqan paytda o’z-o’zini takomillashtirish jarayoniga o’tadi.
Fikrlash jarayoni qandaydir vazifani yechishga yo’naltirilgan harakatdan iboratdir.Badiiy vazifani qo’yish-maqsad,sharoit va uni yechishni o’z ichiga oladi.Badiiy muammoni yechish fikrlash jarayonining yakunlashi bo;lib,har qabday fiklash jarayoni tushunchalar va obrazlarda amalga oshadi.Fikrlash jarayoni musiqiy faoliyatlarda fikrlash operatsiyalari orqali amalga oshadi.Bularga:tenglashtirish,analiz,sintez,mavhumlashtirish,umumlashtirish va konkretlashtirish kiradi.
Badiiy tafakkurning 3ta asosiy shakllari mavjud bo’lib,bularga tushuncha,fikrlash va xulosaga kelish kiradi.Tushuncha tafakkur shakli bo’lib,unda musiqiy voqelikning umumiy va muhim xossalari aks etadi.Bir qarorga kelish ham tafakkur shakli bo’lib,unda predmet,hodisa yoki ularning ma’lum xossalari ta’kidlanadi yoki rad etiladi.
Bir qarorga kelishning umumiy,xususiy yoki alohida holdagi shakllari mavjud.Xulosaga kelish jarayonida kishi turli qarorlarni taqqoslab,tahlil qiladi va o’zining yangi qarorini chiqaradi.Bunga misol qilib qaysidir ikkita musiqa asarini bir-biri bilan taqqoslash va ularning badiiy saviyasi bo’yicha ma’lum qarorga kelishni olish mumkin.
Maxsus bilish motivlari yangi nimanidir bilish istagi paydo bo’lganda,masalan qiziquvchan kishilarda paydo bo’ladi.O’ziga xos bo’lmagan motivlar tashqi omillar ta’sirida,masalan,o’quvchiga ma’lum ijroviy vazifani qo’yish va uni amalga oshirish vazifasi tug’ilganda paydo bo’ladi.
Badiiy fikrlash faoliyati,kishilarning boshqa psixik jarayonlari singari individual farqlar bilan namoyon bo’ladi.Insonning individual badiiy tafakkuri xususiyatlari-bu avvalo musiqa o’qitish jarayonida va hayot davomida uning hissiy aqlini,emotsiyalarini rivojlantirish,badiiy borliqni adekvat anglashni o’rgatishdan iboratdir.
Badiiy fikrlash faoliyatidagi farqlar his etish,teran badiiy mushohada sifati orqali namoyon bo’ladi.Badiiy tafakkurning bu ko’rsatkichlari shaxsning ustuvor xususiyatlari sifatida namoyon bo’ladi.Badiiy tafakkurda quyidagi muhim sifatlar ajratib ko’rsatiladi:
-badiiy tafakkurning mustaqilligi;
-badiiy tafakkurning kengligi va chuqurligi;
-badiiy tafakkurning universalligi(moslashuvchanligi);
-badiiy tafakkurning tezligi va tanqidiyligi.
Badiiy tafakkurning mustaqilligi deganda,kishining mustaqil holda yangi ijroviy vazifalar qo’yishi va ularni yechish uchun boshqa insonlarning tajribasini ijodiy o’zlashtirib olishi tushuniladi.Badiiy tafakkurning kengligi insonning umumiy musiqiy bilish faoliyatida,keng dunyoqarashida,har tomonlama qiziquvchanligida namoyon bo’ladi.Chuqur badiiy tafakkur badiiy-musiqiy voqea va hodisalarning paydo bo;lish sabalarini tushunishga yordam beradi.
Badiiy tafakkurning universalligi (moslashuvchanligi)ma’lum badiiy –ijroviy vazifani amalga oshirishda oldindan shakllangan imkoniyatlarni kamaytiruvchi holatlardan ko’ra erkin fikrlashda,shuningdek,vaziyat o’zgargan paytda o’z harakatlarini tezda o’zgartirish va moslasha olish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Badiiy tafakkurning tezligi ma’lum musiqa asarini tunglashda uning mohiyatiga tez kirib borishi,tezda o’ylab,ma’lum qarorlar qabul qilishda namoyon bo’ladi.Biroq tafakkurning tezligidan shoshma-shosharlikni ajrata olish lozim,Bunday aql-zakovatga ega yoshlar uzoq muddatli ayrim faoliyatlarga nisbatan chidamsizlik odati bilan namoyon bo’lishi ham kuzatiladi.
Badiiy tafakkurning tanqidiyligi kishining ayrim musiqa asari borasida o’zi va boshqalar fikrini ob’yektiv baholay olish malakasiga egaligi,barcha ilgari surilayotgan fikr va mulohazalarni har tomonlama va chuqur tekshira olishi orqali ko’rinadi.Tanqidiy tafakkurga ega bo’lgan kishi hech qachon o’z fikrini mutlaq to’g’ri deb baholamaydi.
Tafakkurning sintetik,idealistik,pagmatik ,analitik va realistic uslublari ajratib ko’rsatiladi.Tafakkurning sintetik uslubi yangi fikrga kelisg,ma’qul bo’lmayotganlarini o’zgartirish,fikrda eksperimentlar o’tkazishda namoyon bo’ladi.
Tafakkurning idealistik uslubi inson intuitiv,ichki,botiniy tazrda musiqa borasida mazkur muammo ichiga kirmasdan,unga global baho beradiga kishilarda bo’ladi.
Tafakkurning pragmatik uslubi o’z shaxsiy musiqiy tajribasiga tayanadigan va badiiy-musiqiy ma’lumotlarni yengil egallaydigan kishilarga xosdir.Pragmatiklar yuzaki bo’lsada,ma’lum muammoning tez yechilish yo’lini axtarishadi.
Tafakkurning analitik uslubi ma’lum musiqa asarini har tomonlama ob’yektiv o’rganish va o’zlashtirishga yo’naltirilgandir.Aql-zakovatning analitik uslubiga ega kishi masalani mantiqiy,uslubiy va chuqur yechish uchun intiladi.
Tafakkurning realistik uslubi faqatgina faktlarga tayanadi.Realist uchun faqatgina ko’rish va qo’l bilan paypaslab aniqlash mumkin bo’lgan narsalar realdir.Musiqiy-nazariy faoliyatda badiiy tafakkurni faollashtirish uchun turli usullar qo’llaniladi,ulardan bitta “aqliy hujum”dir.Uning asosiga quyidagi holatlar kiradi:
Guruh 7-10 kishidan iborat bo’ladi,ularning ichida ba’zilari asosiy muammoga daxldor bo’lib,qolganlari “bosha kasbiy yo’nalishlar” vakillari bo’ladi.Bu yerda qanday tanqid,gapirayotgan kishi fikrini,so’zini bo’lishi taqiqlanadi.Faqatgina boshqalar fikrini ma’qullash va rivojlantirish mumkin holos.Qatnashchilar jismoniy va psixik bo’shashgan,erkin holda bo’lishlari lozim,o’tirg’ichlar doira uslubida joylashtiriladi.Barcha ilgai surilgan g’oyalar ekspertlar guruhi tomonidan ko’rib chiqiladi va ular emg qimmatli deb hisoblaganlarini tanlab olishadi.
Badiiy tafakkurni faollashtirishning yana biri fokal ob’yeklar metodidir,uning maqsadi original g’oyalar qidirishdan iborat.Buning uchun fokal ob’yekt,ya’ni barchaning diqqat markazida turgan va bir necha tasodifiy ob’yektlar tanlab olinadi.Ushbu tasodifiy ob’yektlarning belgilarini shakllantirishda qiziqarli intellectual to’qnashuvlarga erishiladi.
“Morfologik tahlil metodi”shundan iboratki,unda dastlab ma’lum musiqa asarining asosoy xususiyatlari ajratiladi,so’ngra asosiy xususiyatlarning har biri bo’yicha variantlar o’rtaga tashlanadi.
Xayol-bu inson tomonidan oldin idrok etilmagan voqea va hodisalar obrazining yaratilishidir.Inson oldin idrok etilmaganini tasavvur qilishi mumkin,shuning uchun xotira tasavvurlari bilan birga,xayol tasavvurlari yoki xayol mavjuddir.
Xayolning zarurligi shundaki,uningsiz inson normal hayot kechira olmas edi,chunki u o’z faoliyatining natijasini tasavvur etishi zarur.Xayolsiz fan,texnika yoki san’atda taraqqiyot bo’lishi mumkin emas.Xayol faoliyati bo’lmasa inson ko’p narsalarni o’zlashtira olmas edi.Xayol faoliyati hamisha real borliqqa daxldordir.Amaiyot xayol obrazlari mezonidir.
Inson xayoli bir necha ko’rinishlardan iborat:ixtiyoriy va ixtiyorsiz yaratuvchi va ijodiy xayol shular jumlasidandir.
Ixtiyorsiz xayol-xayolning eng oddiy ko’rinishidir.Bundayxayol,bizdan ko’q kuch talab etmaydi:qiziqarli litobni o’qib,kishi undagi qahramonlar hayoti bilan yashaydi.
Ixtiyorsiz xayol-inson tomonidan qndaydir harakatni amalga oshirishda namoyon bo’ladi:masalan,muhandis detal chizmasiga qarab uni o’zida tasavvur etishga harakat qiladi.
Qayta yaratuvchi xayol haqida gapirganda,inson o’zi tasavvur etib biladigan narsasi nazarda tutiladi:masalan,o’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi.Xayolning bu ko’rinishi o’qitish jarayonida muhimdir.
Ijodiy xayol-musiqiy faoliyatda muhim ahamiyatga ega bo;lib,u musiqiy ijodiy faoliyat,ya’ni musiqa ijro etish jarayonida yangi obrazlarni tasavvur qilish va mustaqil yaratishdan iboratdir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling